2017 yilning 1-6 dekabr kunlari Toşhovuz şahrida (Turkmaniston) Özbekiston Respublikasi va Turkmaniston örtasida Davlat çegarasini delimitatsiya va demarkatsiya qiliş masalalari böyiça Özbekiston-Turkmaniston hukumatlararo qöşma komissiya işçi guruhlarining uçraşuvi bölib ötdi. Bu haqda Özbekiston TIV axborot xizmati xabar bergan.

Muzokaralar davomida 2017 yilda olib borilgan dala işlarining natijalari sarhisob qilindi. Uçraşuvlar çoğida demarkatsiya işini jadallaştiriş, kelgusi yilda yiğilişlarni va dala işlarni faollaştirişga kelişib olindi.

Uçraşuv yakuniga köra Bayonnoma imzolandi. Muzokaralar an'anaviy döstlik va özaro anglaşuv muhitida ötdi.