Rossiyalik milliarder Alişer Usmonov Xalqaro Olimpiada qömitasi (XOQ) prezidenti Tomas Baxga rossiyalik sportçilarning qişki Olimpiadada ğalabalari şarafiga Rossiya bayroğini kötariş va madhiyasini ijro etişga ruxsat beriş çaqiriği bilan oçiq maktub yölladi.
“Olimpiya xartiyasi ta'kidlaganidek, tahqirlaşning istalgan şakli Olimpiya harakati tamoyillariga töğri kelmasa-da, XOQning qarori rossiyalik “toza” sportçilarni boşqa davlatlar sportçilariga nisbatan teng bölmagan şaroitlarga qöymoqda”, deb öz maktubini boşlagan Usmonov.
“Rossiyalik sportçilar Olimpiya öyinlari saralaş bosqiçining barça azob-uqubatlaridan ötib: a) öz taqdirlari böyiça XOQ maxsus komissiyasining qarorini oylab kutişga majburlar; b) milliy Olimpiya qömitalari taşkillaştiradigan kömakdan va eng asosiysi, v) öz vatanlari bayroği va madhiyasini eşitiş huquqidan mahrum böladilar”, deb qöşimça qilgan Usmonov.
Usmonov, şuningdek, XOQga Rim huquqining “Nulla poena sine lege” – "Ayb yöq, jazo yöq” tamoyilini eslatib ötdi. “Aybsizlarni jazolaş va tiz çöktiriş mumkin emas. Bu inson va sportçining şa'nini kamsitadi, qonun va adolatga işonçiga putur yetkazadi. Sportçilar sportdagi qisqa umrlarini bir qisqa lahza – öz davlatlari bayroğini osmonda köriş va vatanlari madhiyasini eşitiş uçun yaşaydilar. Bu ular şon-şuhratining çöqqisi, Everestidir”, deb davom ettirgan sözlarini Usmonov.
“Men XOQ ijroiya qömitasi a'zolarini sport Femidasi tarozisiga bir tomondan aybdorlarni jazolaş istagini, boşqa tomondan rossiyalik “toza” sportçilar huquqlari va orzulari, Olimpiya oilasi a'zolari sifatida teng huquqli ekanliklarini qöyib körişga çaqiraman. Keling, 2018 yilgi Olimpiadada ğolib böladigan rossiyalik sportçilarga ularning sportdagi orzulari çöqqisiga erişiş va Pyongçang osmonida vatanlari bayroğini köriş imkonini beraylik”, deb öz sözlarini intiholagan Usmonov.
5 dekabrda XOQ doping mojarosi sababli Rossiya terma jamoasini 2018 yilgi qişqi Olimpiadadan çetlaştirdi. Özlarining dopingga aloqalari yöqligini isbotlay oladigan rossiyalik sportçilarga Olimpiadada neytral bayroq ostida iştirok etişga ruxsat berildi.












