Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Özbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligining moddiy-texnika bazasini mustahkamlaş hamda xodimlarini moddiy rağbatlantiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi qarori çiqdi.

Özbekiston Respublikasi Prezidentining “Favqulodda vaziyatlarning oldini oliş va bartaraf etiş tizimi samaradorligini tubdan oşiriş çora-tadbirlari töğrisida” 2017 yil 1 iyundagi PF-5066-son Farmoni talablarini bajariş hamda Özbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligining moddiy-texnika bazasini mustahkamlaş, şuningdek, xodimlarini moddiy rağbatlantiriş maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qildi:

1. Özbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Moliya vazirligi va Iqtisodiyot vazirligining Özbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligining moddiy-texnika bazasini mustahkamlaş, şuningdek, xodimlarini moddiy rağbatlantiriş böyiça byudjyetdan taşqari maxsus jamğarmasini (keyingi örinlarda Byudjyetdan taşqari maxsus jamğarma deb ataladi) taşkil etiş töğrisidagi taklifiga rozilik berildi.

2. Quyidagilar Byudjyetdan taşqari maxsus jamğarma daromadlarini şakllantiriş manbalari belgilandi:

kiçik hajmli kemalarni röyxatdan (qayta röyxatdan) hamda texnik körikdan ötkazişdan tuşadigan mablağlarning 60 foizi miqdoridagi ajratmalar;

aholini va hududlarni tabiiy hamda texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlardan muhofaza qiliş, şuningdek, fuqaro muhofazasi töğrisidagi qonun hujjatlari talablarini bajarmaslik, kiçik hajmli kemalarni röyxatdan ötkaziş qoidalarini, şuningdek, bunday kemalardan va ular turadigan bazalardan (inşootlardan) foydalaniş qoidalarini buzganlik, kema haydovçilarining kiçik hajmli kemalarni mast holda boşqargani uçun belgilangan tartibda solinadigan jarimalar summasining 60 foizi miqdoridagi ajratmalar;

Özbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligining hududiy boşqarmalari, tarkibiy tuzilmalari va idoraviy mansub taşkilotlarini rivojlantiriş böyiça byudjyetdan taşqari jamğarmalar foydasining 15 foizi miqdoridagi ajratmalar;

Özbekiston Respublikasi aholisiga xabar beriş va ma'lumot (axborot) yetkazişning avtomatlaştirilgan tizimidan reklama-marketing ma'lumotlarni translyatsiya qiliş uçun foydalanişdan tuşadigan daromadlar;

yuridik va jismoniy şaxslar, şu jumladan Özbekiston Respublikasi norezidentlarining xayriya mablağlari;

vaqtinça böş turgan mablağlarni tijorat banklarining depozitlariga joylaştirişdan tuşadigan daromadlar;

qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boşqa daromadlar.

3. Özbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligining moddiy-texnika bazasini mustahkamlaş, şuningdek, xodimlarini moddiy rağbatlantiriş böyiça Byudjyetdan taşqari maxsus jamğarmasi mablağlarini şakllantiriş va ulardan foydalaniş tartibi töğrisidagi Nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlandi.

4. Özbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi Özbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelişgan holda Özbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligining hududiy boşqarmalari, tarkibiy tuzilmalari va idoraviy mansub taşkilotlarini rivojlantiriş böyiça byudjyetdan taşqari jamğarmalar mablağlarini şakllantiriş va ulardan foydalaniş tartibi töğrisidagi Nizomni bir oy muddatda tasdiqlaydi.

5. Vazirlar Mahkamasining 2010 yil 2 apreldagi 62-son qarori (Özbekiston Respublikasi QT, 2010 y., 4-son, 14-modda) bilan tasdiqlangan Vazirliklar, davlat qömitalari va idoralarning byudjyetdan taşqari jamğarmalariga yönaltirilayotgan davlat bojlari, yiğimlar va soliq bölmagan tölovlardan, ma'muriy va moliyaviy jazolardan ajratmalar miqdorlariga 2-ilovaga muvofiq qöşimça kiritildi.

6. Mazkur qarorning bajarilişini nazorat qiliş Özbekiston Respublikasi Boş vazirining birinçi örinbosari - “Özbekiston temir yöllari” AJ boşqaruvi raisi A.J. Ramatov va Özbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vaziri R.M. Djurayev zimmasiga yuklandi.

Özbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligining moddiy-texnika bazasini mustahkamlaş, şuningdek, xodimlarini moddiy rağbatlantiriş böyiça Byujyetdan taşqari maxsus jamğarmasi töğrisidagi nizomga köra, jamğarma Özbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligida yuridik şaxsni taşkil etmagan holda tuziladi.

Jamğarma mablağlari Vazirlikning byudjyetdan taşqari maxsus hisobraqamida jamlanadi.

Jamğarma mablağlari:

kiçik hajmli kemalarni röyxatdan (qayta röyxatdan) hamda texnik körikdan ötkazişdan tuşadigan mablağlarning 60 foizi miqdoridagi ajratmalar;

aholini va hududlarni tabiiy hamda texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlardan muhofaza qiliş, şuningdek fuqaro muhofazasi töğrisidagi qonun hujjatlari talablarini bajarmaslik, kiçik hajmli kemalarni röyxatdan ötkaziş qoidalarini, şuningdek, bunday kemalardan va ular turadigan bazalardan (inşootlardan) foydalaniş qoidalarini buzganlik, kema haydovçilarining kiçik hajmli kemalarni mast holda boşqargani uçun belgilangan tartibda solinadigan jarimalar summasining 60 foizi miqdordagi ajratmalar;

Vazirlikning hududiy boşqarmalari, tarkibiy tuzilmalari va idoraviy mansub taşkilotlarini rivojlantiriş böyiça byudjyetdan taşqari jamğarmalari foydasining 15 foizi miqdoridagi ajratmalar;

Özbekiston Respublikasi aholisiga xabar beriş va ma'lumot (axborot) yetkazişning avtomatlaştirilgan tizimidan reklama-marketing ma'lumotlarni translyatsiya qiliş uçun foydalanişdan tuşadigan daromadlar;

yuridik va jismoniy şaxslar, şu jumladan Özbekiston Respublikasi norezidentlarining xayriya mablağlari;

vaqtinça böş turgan mablağlarni tijorat banklarining depozitlariga joylaştirişdan tuşadigan daromadlar;

qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boşqa daromadlar hisobiga şakllantiriladi.

Jamğarma mablağlari:

Vazirlikning moddiy-texnika bazasini mustahkamlaş tadbirlarini, bunda Jamğarma mablağlarining 75 foizidan kam bölmagan miqdori uşbu maqsadlarga sarflanadi;

vakillik tadbirlarini (xorijiy delegatsiyalarni kutib oliş, transport xizmati, tarjimonlarni jalb qiliş, sovğa va suvenirlar sotib oliş, ovqatlantiriş);

sport musobaqalari va madaniy tadbirlar ötkazişni;

xorijiy mutaxassislarni jalb qiliş tadbirlarini;

Vazirlik xodimlarini tayyorlaş, qayta tayyorlaş va malakasini oşiriş tadbirlarini;

Vazirlikning favqulodda vaziyatlarning oldini oliş sohasida öz xizmat faoliyatida yuqori natijalarga erişgan xodimlarini moddiy rağbatlantiriş va ijtimoiy muhofaza qiliş çoralarini, şu jumladan:

sanatoriy-kurort va tibbiy xizmat körsatişni;

yuqori kasb mahorati, murabbiylik uçun hamda alohida örnak körsatgan Vazirlik xodimlarini asosiy tarif stavkalariga har oylik ustamalar belgilagan holda moddiy rağbatlantirişni;

bir yöla mukofotlaş va moddiy yordam körsatişni (alohida hollarda) moliyalaştirişga yönaltiriladi.

Quyidagilar Jamğarmani boşqariş kengaşining asosiy vazifalari hisoblanadi:

Jamğarma mablağlaridan maqsadli va samarali foydalanilişini nazorat qiliş;

har yili 25 dekabrgaça Jamğarmaning kelgusi yil uçun daromadlari va xarajatlari smetalarini tasdiqlaş;

Jamğarmaning çorak yakuni böyiça daromadlari va xarajatlari töğrisidagi hisobotini körib çiqiş va tasdiqlaş;

Jamğarmaga xorijiy kredit va grantlar jalb etilişiga kömaklaşiş;

Jamğarma mablağlarini şakllantiriş va ulardan foydalaniş bilan boğliq boşqa vakolatlarni amalga oşiriş.

Jamğarmani boşqariş kengaşining majlisi unda a'zolarining kamida uçdan ikki qismi iştirok etgan taqdirda vakolatli hisoblanadi. Jamğarma mablağlaridan foydalaniş töğrisidagi qaror Jamğarmani boşqariş kengaşi a'zolarining oddiy köpçilik ovozi bilan qabul qilinadi va Jamğarmani boşqariş kengaşi raisi tomonidan tasdiqlanadi. Vazirlikning moliya-iqtisodiyot boşqarmasi Jamğarmaning Işçi organi hisoblanadi.

Işçi organ quyidagi funksiyalarni amalga oşiradi:

Jamğarmaning kelgusi yil uçun daromadlari va xarajatlari prognoz körsatkiçlarini işlab çiqadi;

daromadlar va xarajatlar smetalarini tayyorlaydi, şuningdek, ularga qonun hujjatlarida belgilangan tartibda özgartirişlar kiritadi;

Jamğarma tuşumlarini köpaytiriş va uning mablağlaridan samarali foydalaniş böyiça takliflar tayyorlaydi;

sörovnomalarni umumlaştiradi va Jamğarmani boşqariş kengaşiga körib çiqiş uçun materiallar tayyorlaydi;

Jamğarmaning tuşumlar manbalari hamda asosiy xarajatlar yönalişlari böyiça daromadlari hisobini yuritadi;

Jamğarma mablağlaridan maqsadli foydalaniş yuzasidan texnik va moliyaviy nazoratni olib boradi;

har çorakda kamida bir marta Jamğarma mablağlaridan foydalanilişi töğrisida hisobot tayyorlaydi va Jamğarmani boşqariş kengaşiga taqdim etadi.

Jamğarma mablağlaridan foydalaniş böyiça hisob va hisobotlar Vazirlikning byudjyetdan taşqari boşqa mablağlaridan alohida yuritiladi.

Jamğarmaning tuşumlari va xarajatlari smetasi byudjyet taşkilotlari uçun byudjyetdan taşqari mablağlari böyiça qonunçilikda belgilangan tartibda tuziladi (çoraklar, tuşumlar manbalari va ulardan foydalaniş yönalişlari kesimida) va Jamğarmani boşqariş kengaşi tomonidan tasdiqlanadi.

Jamğarmaning daromadlari va xarajatlari smetalarining bajarilişi böyiça yillik hisobot Vazirlik hay'ati majlisida körib çiqiladi va har yili 15 martgaça Jamğarmani boşqariş kengaşi tomonidan tasdiqlanadi. Jamğarma mablağlaridan maqsadli foydalanilişi Özbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Davlat moliya nazorati boş boşqarmasi tomonidan nazorat qilinadi.