Alfa Romeo va Maserati kompaniyalari injiniring bölimi boşliği Roberto Fedeli Britaniya OAVga bergan intervyusida yaqin orada Alfa Romeo, Ferrari va Maserati markalari avtomobillarida mexanik uzatmalar qutisi boşqa qöllanmasligini ma'lum qildi.  

Mexanik uzatmalar qutisidan voz keçilişiga sabab bunday uzatmalar qutisiga ega superkarlarning xaridorlar orasida talabgir emasligi hisoblanadi. Fedelining aytişiça, u “Ferrari”da California rodsteri ustida işlaganda kompaniya uşbu modelning mexanik uzatmalar qutisiga ega versiyasini yaratiş uçun 10 mln yevrodan köproq sarflagan, biroq bunday modifikatsiyadagi maşinadan bor-yöği 2 dona sota olgan. 

Uşbu markalarga egalik qiluvçi Fiat Chrysler Automobiles bunday modifikatsiyadagi maşinalarni işlab çiqariş maqsadga muvofiqmasligi sababli ularning mexanik uzatmalar qutisi qöllangan versiyalaridan töliq voz keçişga qaror qilgan.