Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «2017 - 2027 yillarda davlat muzeylari faoliyatini takomillaştiriş va moddiy-texnik bazasini mustahkamlaş böyiça kompleks çora-tadbirlar dasturini tasdiqlaş töğrisida»gi qarori e'lon qilindi.

Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi PF-4947-son Farmoni bilan tasdiqlangan “2017-2021 yillarda Özbekiston Respublikasini rivojlantirişning beşta ustuvor yönalişi böyiça Harakatlar strategiyasini “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili”da amalga oşirişga oid Davlat dasturi” hamda Özbekiston Respublikasi Prezidentining “Madaniyat va san'at sohasini yanada rivojlantiriş va takomillaştirişga doir çora-tadbirlar töğrisida” 2017 yil 31 maydagi PQ-3022-son qarorini ijro etiş yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qildi:

1. 2017 — 2027 yillarda davlat muzeylari faoliyatini takomillaştiriş va moddiy-texnik bazasini mustahkamlaş böyiça kompleks çora-tadbirlar dasturi (keyingi örinlarda Dastur deb ataladi) tasdiqlandi. Dastur quyidagilarni öz içiga oladi:

2017-2027 yillarda davlat muzeylari faoliyatini yanada takomillaştiriş va rivojlantiriş çora-tadbirlari rejasi 1-ilovaga muvofiq;

2017-2027 yillarda yangi taşkil etiladigan, qayta taşkil etiladigan va 2018 yilda faoliyati tugatiladigan davlat muzeylari röyxati 2, 2-a va 2-b-ilovalarga muvofiq;

2018-2027 yillarda davlat muzeylari binolarini quriş, rekonstruksiya qiliş, mukammal ta'mirlaş va jihozlaşning manzilli dasturi 3-ilovaga muvofiq;

Özbekiston Respublikasi Davlat byudjyeti mablağlari hisobidan moliyalaştiriladigan davlat muzeylari, ularning filial va bölimlari röyxati 4-ilovaga muvofiq.

2. 2017-2027 yillarda davlat muzeylari faoliyatini takomillaştiriş va moddiy-texnik bazasini mustahkamlaş böyiça kompleks çora-tadbirlar dasturi bajarilişini muvofiqlaştiriş böyiça respublika komissiyasi (keyingi örinlarda Respublika komissiyasi deb ataladi) 5-ilovaga muvofiq tarkibda tuziladi.

3. Respublika komissiyasi (A.J. Ramatov):

Dasturda nazarda tutilgan çora-tadbirlarning amalga oşirilişiga mas'ul bölgan davlat va xöjalik boşqaruvi hamda mahalliy davlat ijro hokimiyati organlari faoliyatini tizimli asosda muvofiqlaştiradi, belgilangan tadbirlarning töliq va sifatli bajarilişi monitoringini olib boradi va nazorat qiladi;

davlat muzeylarining işlab çiqiladigan yangi konsepsiyalari, muzey aşyolarini işonçli saqlaş, taşrif buyuruvçilar, xususan imkoniyati çeklangan şaxslar uçun qulay şart-şaroitlar yaratiş, turistlarga xizmat körsatişni rivojlantiriş, arxitektura-rejalaştiriş, interer, dizayn va landşaft yeçimlariga e'tibor qaratgan holda har bir muzey binosining eskiz loyihasini muzeyning yönalişi va mazmun-mohiyatidan kelib çiqqan holda tasdiqlaydi.

Respublika komissiyasiga, zarurat bölganda, Özbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi, Qoraqalpoğiston Respublikasi Vazirlar Kengaşi, viloyatlar va Toşkent şahri hokimliklarining manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan kelişilgan takliflariga asosan 2018 - 2027 yillarda davlat muzeylari binolarini quriş, rekonstruksiya qiliş, mukammal ta'mirlaş va jihozlaşning manzilli dasturiga özgartirişlar kiritiş huquqi berildi.

4. Quyidagilar Dasturni moliyalaştiriş manbalari etib belgilandi:

davlat muzeylari binolarini quriş, rekonstruksiya qiliş va jihozlaş işlari böyiça - Özbekiston Respublikasining har yilgi Investitsiya dasturi doirasida markazlaştirilgan investitsiyalar;

davlat muzeylari binolarini mukammal ta'mirlaş va jihozlaş işlari böyiça - Özbekiston Respublikasining respublika byudjyeti mablağlari;

moddiy madaniy meros obekti hisoblangan davlat muzeylari binolarini mukammal ta'mirlaş işlari böyiça - Özbekiston Respublikasining respublika byudjyetidan Özbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligiga moddiy madaniy meros obekti restavratsiya-tiklaş işlarini bajariş uçun ajratilgan mablağlar;

imtiyozli xorijiy kreditlar va grantlar, jismoniy va yuridik şaxslarning homiylik xayriyalari;

qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boşqa manbalar.

5. Özbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi va Moliya vazirligi tasdiqlangan loyiha-smeta hujjatlari asosida Özbekiston Respublikasining 2018 yilgi va kelgusi yillardagi Investitsiya dasturi parametrlarini şakllantirişda mazkur qarorda belgilangan davlat muzeylari binolarini quriş, rekonstruksiya qiliş va jihozlaş işlari uçun zarur mablağlarni nazarda tutadi

Özbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Özbekiston Respublikasining Davlat byudjyeti parametrlarini şakllantirişda uşbu qarorda belgilangan davlat muzeylari binolarini mukammal ta'mirlaş va jihozlaş işlari uçun zarur mablağlarni nazarda tutadi.

6. Belgilab qöyilişiça:

2018 yilda Investitsiya dasturi mablağlari hisobidan davlat muzeylari binolarini quriş va rekonstruksiya qiliş uçun obektlarning loyiha-smeta hujjatlarini işlab çiqiş va 2019 yildan boşlab quriş va rekonstruksiya qiliş işlari uçun mablağlar ajratiladi;

muzeylarni maqbullaştiriş natijasida böşaydigan mablağlar muzeylarni mukammal ta'mirlaş va moddiy-texnik bazasini rivojlantiriş maqsadlari uçun yönaltiriladi.

7. Davlat muzeylari binolarini quriş, rekonstruksiya qiliş, mukammal ta'mirlaş va jihozlaş işlarini bajariş böyiça buyurtmaçi etib:

Özbekiston Respublikasining har yilgi Investitsiya dasturi doirasidagi markazlaştirilgan investitsiyalar, Özbekiston Respublikasining respublika byudjyeti hamda qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boşqa manbalar hisobidan bajariladigan işlar böyiça - Özbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi “Obektlarni quriş, rekonstruksiya qiliş, mukammal va joriy ta'mirlaş böyiça buyurtmaçi xizmati” davlat muassasasi;

Özbekiston Respublikasining respublika byudjyetidan Özbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligiga moddiy madaniy meros obekti restavratsiya-tiklaş işlarini bajariş uçun ajratilgan mablağlar hisobidan bajariladigan işlar böyiça - Özbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligining Madaniy meros obektlarini muhofaza qiliş va ulardan foydalaniş ilmiy-işlab çiqariş boş boşqarmasi belgilandi.

8. Özbekiston Respublikasi Investitsiyalar böyiça davlat qömitasi Madaniyat vazirligi, manfaatdor vazirliklar va idoralar, Qoraqalpoğiston Respublikasi Vazirlar Kengaşi, viloyatlar va Toşkent şahri hokimliklari bilan birgalikda Dasturni amalga oşiriş uçun imtiyozli xorijiy kreditlar va grantlarni jalb qiliş böyiça xalqaro moliyaviy institutlar va xorijiy donorlar bilan tizimli işlar olib boradi.

9. Qoraqalpoğiston Respublikasi Vazirlar Kengaşi, viloyatlar va Toşkent şahri hokimliklari 2018 yil yakuniga qadar har bir tuman va şahar markazlaridagi madaniyat va aholi dam oliş markazlari binosida quyidagilarni yorqin va ta'sirli aks ettiruvçi hamda muntazam ravişda yangilanib boruvçi körgazma-ekspozitsiyalarni taşkil etadi:

 

tasviriy, amaliy va xalq hunarmandçiligi san'ati yönalişlarida faoliyat körsatayotgan, ayniqsa, uşbu hududdagi ijodkorlar asarlari asosida milliy istiqlol, erkin, farovon hayot, an'anaviy san'atimiz va qadriyatlarimizga nisbatan yuksak hurmat-ehtirom tuyğularini uyğotadigan körgazmalar;

xalqimizning boy tarixi, urf-odatlari va an'analari, bugungi jöşqin hayot manzaralari, yurtimiz odamlarining siymolari, ularning orzu- intilişlarini har tomonlama çuqur aks ettiradigan badiiy fotokörgazmalar;

hududning tarixi, madaniyati, tabiati, odamlarning hayotidagi sifat özgarişlari, barça jabhalardagi rivojlanişni ifodalovçi ekspozitsiyalar.

Uşbu bandda körsatilgan körgazma-ekspozitsiyalar Respublika komissiyasi tomonidan tasdiqlanadigan namunaviy konsepsiya va jihozlaş talablari asosida taşkil etiladi hamda ularni taşkil etiş, saqlaş va yangilab boriş xarajatlari qonun hujjatlarida taqiqlanmagan manbalar hisobidan qoplanadi.

10. Özbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi mazkur qarorda belgilangan davlat muzeylari binolarining eskiz loyihasi, loyiha-smeta hujjatlari işlab çiqilişini va davlat ekspertizasidan ötkazilişini taşkil etadi.

Özbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va quriliş qömitasi davlat muzeylari binolarini quriş, rekonstruksiya qiliş va mukammal ta'mirlaş işlari bajarilişining sifati ustidan davlat arxitektura-quriliş nazoratini amalga oşiradi.

11. Mazkur qarorning bajarilişini nazorat qiliş Özbekiston Respublikasi Boş vazirining birinçi örinbosari - “Özbekiston temir yöllari” AJ boşqaruvi raisi A.J. Ramatov va Özbekiston Respublikasi madaniyat vaziri B.S. Sayfullayev zimmasiga yuklandi.