Naked Science naşrining xabar berişiça, Xami pterozavrlar muzeyi Xitoy şimoli-ğarbidagi milliy geopark hududida joylaşgan. Bu hudud pterozavr qoldiqlarining köplab topilmalari bilan maşhur.

Muzeyning körgazma maydoni qariyb 4,6 ming kvadrat metrni taşkil etadi. Majmua bir-biriga nisbatan siljitib joylaştirilgan oltita oval şakldagi zaldan iborat.

Bino yuqoridan qaralganda çöl örtasida yotgan pterozavr tuxumlari uyasiga öxşaydi.

2-11
© Xinhua

Muzey ekspozitsiyasida Xitoy Fanlar akademiyasining Umurtqali hayvonlar paleontologiyasi va paleoantropologiyasi instituti olimlari 20 yildan ortiq vaqt davomida olib borgan qazişmalar çoğida topilgan toşqotgan qoldiqlar namoyiş etilmoqda.

© Xinhua

Ular orasida dunyoda ilk bor topilgan, uç ölçamli şaklda saqlanib qolgan pterozavr tuxumlari va embrionlari ham bor. Şuningdek, pterozavrlarning ayrim yirik namunalari ilk marta keng jamoatçilikka taqdim etilgan.

Muzey taşkilotçilari uşbu topilmalarni birinçi marta yagona ekspozitsiyaga jamlagan. Körgazma orqali taşrif buyuruvçilar taxminan 130 mln yil avval, bör davrida yaşagan pterozavrlarning hayot tarzi va evolyutsiyasi haqida tasavvurga ega bölişi mumkin.

Xitoy Fanlar akademiyasi instituti rahbari Syuy Sinning taʼkidlaşiça, muzey taşrif buyuruvçilarga ilmiy kaşfiyot jarayoni bilan yaqindan tanişiş va qadimgi hayotning xilma-xilligini köriş imkonini beradi.