1-noyabrdan 30-noyabrgaça madaniy meros obyektlari, davlat muzeylari va muzey-qöriqxonalarga taşrif buyuruvçi keksa yoşdagi fuqarolar uçun kiriş çiptalariga 50 foizlik çegirma joriy etiladi.

Qayd etilişiça, uşbu aksiya “Keksalar uçun turizm oyligi” doirasida ötkazilmoqda.

“Mazkur taşabbus keksa yoşdagi fuqarolarning tarixiy obidalar va muzeylarga taşrif buyuriş imkoniyatlarini kengaytiriş, ularning mazmunli hordiq çiqarişini rağbatlantiriş hamda mamlakatimizning boy tarixiy-madaniy merosi bilan yaqindan tanişişlariga kömaklaşişga qaratilgan”, deyiladi Madaniy meros agentligi xabarida.

Maʼlumot uçun, Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 29-sentabrdagi 1-son majlis bayonining 7-bandida “Keksalar uçun turizm oyligi” doirasida madaniy meros obyektlari va davlat muzeylariga taşrif buyuruvçilar uçun çegirmalar eʼlon qiliş belgilangan.