Saida Mirziyoyevaning maʼlum qilişiça, muzeyning meʼmoriy konsepsiyasi jahonning maşhur arxitektorlaridan biri, nufuzli Pritzker mukofoti sohibi Tadao Ando tomonidan işlab çiqilgan.
Uning loyihalari asosida bunyod etilgan muzey va madaniy maskanlar Yaponiya, Yevropa hamda AQŞda yuksak qadrlanadi. Tadao Ando meʼmoriy uslubdagi soddalik va aniqlik, şuningdek, makon va yoruğlik uyğunligiga öziga xos yondaşuvi bilan dunyoga tanilgan.

Saida Mirziyoyeva yangi Milliy muzey Markaziy Osiyodagi eng yirik madaniy loyihalardan biriga aylanişini taʼkidladi. Majmuada körgazma zallari, kutubxona, restavratsiya laboratoriyalari va taʼlim maydonlari joylaştiriladi.
U, ayniqsa, Özbekiston uçun tarixiy ahamiyatga ega bunday loyihalar ustida jahon miqyosidagi meʼmorlar işlayotgani muhimligini qayd etdi.

«Ular barpo etgan obyektlar uzoq yillar davomida xalqimizga xizmat qiladi, tariximiz va madaniy merosimizning ajralmas qismiga aylanadi», - dedi Saida Mirziyoyeva.













