Nyu-Yorkdagi Saffolk okrugidan bölgan 61 yoşli Duglas Grinvud 9/11 fojiasi vaqtida odamlarga yordamga eng birinçi bölib yetib kelgan politsiyaçilardan biri edi.

Duglas 14 yil davomida Nyu-York politsiyasida mehnat qilgan, biroq 9/11 fojiasi vaqtida uning öpkalari jiddiy zarar kördi hamda umrining qolgan qismi davomida aziyat çekişiga sabab böldi, deb yozmoqda New York Post.

Duglas 40 nafar politsiyaçiga rahbarlik qilgan bölib, ular Butunjahon savdo markazidagi terakt vaqtida jasadlarni qidiriş bilan şuğullanişgan.

"U şunçaki maşinada ham ötirişi mumkin edi, sababi boşliq bölgan. Biroq Duglas buning örniga qöli ostidagi xodimlar bilan vayronalarga yöl oldi hamda maxsus niqobsiz tuproqni qaziş işlari bilan şuğullandi, sababi u har doim ratsiya orqali aloqada bölişi lozim edi", - deydi Duglasning dösti va detektiv Ralf Fridmen

U uç yil ötib soğliği holati tufayli politsiyadagi işidan böşadi. Keyinçalik Bliker-stritda Bleecker Street Pizza öz pitssaxonasini oçdi. Duglas onasi italiyalik bölgani va aynan u maxsus tayyorlaş usullarini berganini aytib bergan.

Duglas sönggi 10 yil davomida kislorod ballonisiz uxlay olmagan. Köplab jarrohlik amaliyotlari, davolaş jarayonlari va şifobaxş suvlar uning ahvolini faqat birozga yaxşilagan. U döstlariga kökragidan oğriqlardan şikoyat qilgan hamda bunga ortiqça çiday olmaganida özini öldirişini aytgan.

"U sönggi yillar davomida buni ertami yoki keçmi baribir amalga oşirişini aytib keldi", - deydi Duglasning dösti va New York Post fotosuratçisi Kevin Makkornik.

Duglas Nyu-Yorkdagi öziga juda yoqqan Greenlawn boğiga kiraverişda öz joniga qasd qildi.