Osiyo taraqqiyot banki (OTB) direktorlar kengaşi Tolimarjon issiqlik elektr stansiyasida qöşimça ravişda 850–950 MVt lik energiya işlab çiqaruvçi qurilmani örnatiş maqsadida 450 mln dollarlik zayom ajratişni ma'qulladi. Bu elektr energiya işlab çiqariş samaradorligining oşişiga va Özbekiston energetik xavfsizligini mustahkamlaşga imkon beradi.
“Özbekiston energetika sektori va uning energiya işlab çiqaruvçi quvvatlarini modernizatsiyalaş mamlakatning iqtisodiyoti va rivoji uçun muhim rol öynaydi. OTBning kömagi mamlakatning energiyaga oşib borayotgan ehtiyojlarini qanoatlantiradi va energetik sektor barqarorligini ta'minlaydi”, deb aytgan OTBning Markaziy va Ğarbiy Osiyo böyiça energetika departamenti mutaxassisi Syong Dak.
Ayni vaqtda Özbekiston energetika sektorining yalpi içki mahsulotdagi uluşi 10 foizni yoki mamlakat eksporti hajmining 25 foizini taşkil qiladi. Biroq elektr energiyaga talab mavjud quvvatlarga nisbatan oşib bormoqda va 2020 yilga kelib 14,600 GVt/soatga yetişi kutilmoqda.
OTB loyihasi doirasida Tolimarjon IESni kombinatsiyalaşgan sikldagi qöşimça buğ-gaz turbinalarini örnatiş yöli bilan quvvatini oşiriş közda tutilgan. Bundan taşqari, qöşimça turbinalar IESning umumiy quvvatini 2600 MVtgaça oşirişga imkon beradi.
OTBning moliyalaştirişi Özbekiston energetika sektoriga avvalgi kömakning davomi hisoblanadi.












