Moskva politsiyasi 2017 yilning aprelida Sankt-Peterburg metrosida terrorçilik akti uyuştirgan aka-ukalar Abror va Akram Azimovlarning otasi Ahrol Azimovni hibsga olgan. Katta Azimovning nega uşlanganiga oydinlik kiritilmagan, deb yozadi Kloop.kg.
Ahrol Azimovning yana bir öğli Bilol Azimov Kloop.kg jurnalistiga tuşuntiriş berişiça, özining uşlangani haqida otasi unga WhatsApp orqali yozib yuborgan.
«Tafsilotlardan xabarim yöq, otam Moskvada uni uşlaşganini yozib yubordi. Hozir u Kuntsevo IIBda uşlanib turibdi. Sababini aytişgani yöq, hozir biz advokatlardan yangilik kutmoqdamiz», — degan Bilol.
Bilol Azimovning fikriça, otasining uşlanişiga sabab uning jurnalistlar bilan öğillarining aybsizligi va ularga nisbatan qiynoq qöllanilayotgani haqida suhbatlaşgani bölişi kerak.
Kuntsevo politsiya bölinmasida Ahrol Azimovning uşlab turilganini tasdiqlaşgan, biroq buning sababini aytişdan boş tortişgan.
Rossiya hukumati aka-uka Abror va Akram Azimovni 2017 yilning aprelida Sankt-Peterburg metrosida portlaş uyuştirişda ayblab keladi. Azimovlar Qirğizistonda tuğilişgan.
Ayblov e'lon qilingaç, aka-ukaning otasi videomurojaat suratga olib, öğillarini «qiynayotganlar»ni jazoga tortişni söragan.
«Ularning boşiga yelim xalta kiydirib, ular qilmagan işlarni böyniga olişga majburlaşgan. Bunday qiynoqlardan keyin har qanday inson özi qilmagan işlarni böyniga olişi muqarrar», — degan u.
Abror Azimovning ta'kidlaşiça, uni 4 aprel kuni hibsga olişgan, FXX esa uning uşlanganini faqat 17 aprelga kelibgina e'lon qilgan. Akramni esa rasman 19 aprel kuni uşlaşgan, biroq qarindoşlari MXDQ xodimlari uni 15 aprel kuni Öşdagi kasalxonadan Moskvaga olib çiqib ketişganini ta'kidlab kelişadi.
Azimovlarning özi teraktga aloqadorligini mutlaqo rad etib kelişmoqda. Avvaliga aybini böyniga olgan Abror Azimov keyinçalik körsatmalarining barçasidan voz keçgan.
Ayblanuvçilarning advokatlari iqror bölişlari uçun ular qiynoqqa solinganini ta'kidlab kelişadi. Azimovlar qiynoqlar haqida xabar berişganidan söng ham ulardan biri şikoyatini qaytarib olişga «majbur» böladi — advokatning fikriça FXX xodimlari unga bosim ötkazişgan.
Sud har ikki Azimovni, ularning otasi va oila a'zolarini fuqarolikdan mahrum etgan. Human Rights Watch huquq himoyaçilari taşkiloti bu qarorni tanqid ostiga olib, Rossiya hukumatini teraktni sinçiklab tergov qilişga, ayblanuvçilar va ularning yuristlarga bosim ötkazmaslikka çaqirgan.
Huquq himoyaçilari, şuningdek, Akram Azimov Moskvaga qanday kelib qolgani va Öşdagi kasalxonadan uni kim olib çiqib ketganini aniqlaşga çaqirgan.
Sankt-Peterburgdagi terakt 2017 yilning 3 aprelida röy bergan. Portlaş 16 kişining hayotiga zomin bölgan, 100 dan ortiq kişi jabrlangan. Tergov portlaş vaqtida halok bölgan qirğizistonlik Akbarjon Jalilovni terakt ijroçisi deb hisoblaydi.
Aka-uka Azimovlar esa özlarining qölga olinişini «sahnalaştirilgan» deya ta'kidlab kelişadi.












