Pokiston parlamentida muxolifatçi hamda sobiq kriket yulduzi sifatida tanilgan Imron Xonga qarşi töplangan petitsiya mamlakat Oliy sudi tomonidan rad etildi. Gap şundaki, siyosatçi bir neça oylardan buyon moliyaviy ahvoli va kirim mablağlari haqida deklaratsiyani e'lon qilmaydi.
Reuters'ning yozişiça, avvalroq, mamlakat sobiq Boş vaziri Navoz Şarif bilan şunday voqea yuz bergan bölib, Oliy sud tomonidan talab etilgan şartlar e'lon qilingaç, sobiq Boş vazir egallab turgan lavozimidan ketişini ma'lum qilgan.
Aynan sobiq Boş vazir Navoz Şarif nomzodi körsatilgan «Pokiston Musulmonlari ligasi» siyosiy partiyasi mazkur iş yuzasidan tergovni şaffof va halol ötişini xohlamoqda.
2018 yili ötkaziladigan asosiy siyosiy saylovda «Pokiston Musulmonlari ligasi» va «Pokiston Xalq partiyasi» örtasida asosiy kuraş keçişi kutilayotgan bir paytda, bunday voqealarning avj olişi vaziyatni murakkablaştirmoqda.
Pokistonda yuz berayotgan mojarolar markazida turgan Imron Xonning özi iyul oyida sobiq Boş vazirning moliyaviy kirimlarini tekşiriş masalasiga boşçilik qilgandi.












