Nyu-yorklik 27 yoşli Zubiya Şahnoz IŞID jangarilariga önlab ming dollarga teng miqdordagi bitkoinlarni yuborişga urinişda ayblanmoqda. Bu haqda New York Post naşri xabar bermoqda. 

Ayol banklardan soxta ma'lumotlar asosida 85 ming dollardan köproq pul öğirlab, söngra bu pullarga bitkoinlar va boşqa kriptovalyutani sotib olib, ularni jangarilarga yubormoqçi bölgan.

Naşr ma'lumotlariga köra, ayol AQŞdan Suriyaga qoçmoqçi bölgan, biroq 13 dekabrda Kennedi aeroportida uşlangan.

“Tergov ma'lumotlariga köra, ayblanuvçi bank firibgarligini amalga oşirib, xorijda pul yuvib, bitkoinlar va boşqa kriptovalyutani sotib olgan hamda ularni jangarilarga jönatmoqçi bölgan”, deb aytdi prokuror Brijit Roud.

Uning ta'kidlaşiça, AQŞ huquq-tartibot idoralari ayolning qabih maqsadlari amalga oşişiga yöl qöymagan.

Ma'lum qilinişiça, ayni vaqtda ayolning aybi isbotlanmagan. Agar Şahnoz aybdor deb topilsa, unga firibgarlikning özi uçun 30 yil va 4 ta pul yuviş holatining har biriga 20 yildan, ya'ni umumiy hisobda 110 yillik qamoq jazosi tayinlanişi mumkin.