Vaşington sudi Rossiya va AQŞ fuqaroligiga ega Ilya Lixtenşteynni beş yil muddatga ozodlikdan mahrum etdi. U kriptovaluta tarixidagi eng yirik öğriliklardan biri orqali qölga kiritgan daromadini yuviş işi böyiça aybli deb topildi.

Sud materiallarida keltirilişiça, 35 yoşli Lixtenşteyn 2016 yilda Binfitex kriptobirjasini buzib kirgan. Ayblov versiyasi köra, Lixtenşteyn 199 ming 754 bitkoinni özining kriptohamyoniga ötkaziş uçun 2 mingdan ortiq tranzaksiyani amalga oşirgan. Mazkur voqeaga qadar bunça miqdordagi bitkoinlar qiymati 72 million dollarga baholangan, öğrilikdan keyin ularning qiymati 65 million dollarga tuşgan, 2024 yil 15 noyabr holatiga köra esa 10,5 milliard dollarni taşkil etmoqda.

Lixtenşteyn öğrilik izini yaşiriş uçun Binfitex’dagi ma’lumotlarni öçirib taşlagan. Şundan söng u pul yuvişning turli usullaridan foydalanişni boşlagan va bunga rafiqasi Xizer Morganni ham jalb etgan.

Tergovçilar Ilya Lixtenşteyn va Xizer Morganni 2022 yil fevralda Nyu Yorkda qölga olgan edi, şundan beri ular hibsda saqlanib kelinayotgandi. Oradan bir yarim yil ötgaç, 2023 yil avgustda Lixtenşteyn va Morgan pul yuviş maqsadida til biriktirganlik böyiça bitta ayblov bandini tan oldi. Sud 18 noyabr kuni Morganga hukm çiqaradi.

Lixtenşteyn sudda «öz iqtidorini jinoyat yölida sarflaganidan» puşaymon ekanini bildirdi. Mahkumning sözlariga köra, u ozodlikka erişganidan keyin öz tajribasini kiberjinoyatçilikka qarşi kuraşga qöllaş umidida.

Qamoq jazosini tayinlaşda Lixtenşteyn hibsda bölgan 2 yil va 9 oy muddat ham inobatga olingan. Lixtenşteyn ozodlikka çiqqaç, sud qaroriga köra, uç yil nazorat ostida böladi.