Zangiota tumanida ötkazilgan «Tozalaş-Antiterror» tadbirlarida ayrim fuqarolar tomonidan öz uylarida vaqtinça röyxatga qöymasdan turli şaxslarni moddiy manfaatdorlik evaziga yaşab turişiga yöl qöyganligi aniqlandi.

Zangiota tumani Nazarbek qörğonida yaşovçi, A.I. ham bir neça yildan beri xonadonini mehmonxonaga aylantirib, önlab şaxslarni ijarada turib yaşaşlari uçun şaroitlar yaratib qöygan. Uşbu xonadonda yaşayotgan ijaraçilar A.I.ga har bir kun uçun 3000-5000 söm miqdorida haq beradilar.

Hozirda xonadonda Qaşqadaryo viloyatidan bölgan öndan ortiq şaxs röyxatdan ötmagan holda istiqomat qilişadi.

Nazarbek qörğonida yaşovçi G.Z., köp yillar davomida xonadonga önlab şaxslarni ijaraga qöygan holda, har bir şaxsdan kunlik 3000-5000 söm miqdorida ijara haqi oladi.

Tadbir davomida xonadonda turli viloyatlardan kelib, vaqtinça röyxatdan ötmasdan yaşab kelayotgan sakkiz nafar şaxs borligi va xonadonda qimor öynab ötirganligi holati aniqlandi.

Açinarlisi, bu turar joylarda umuman şart-şaroitlar yaratilmagan. Bino holati sanitariya-gigiyena qoidalariga javob bermaydi. Bu esa şu yerda vaqtinça yaşab kelayotgan fuqarolarning soğligiga jiddiy ta'sir körsatadi.

Yonğin xavfsizligi qoidalari qöpol ravişda buzilgan. Bu yerda örnatilgan isitiş moslamalari elektr va gaz tizimlariga belgilangan talab darajasida ulanmagan.

Tadbir davomida Toşkent viloyati IIB xodimlari tomonidan uşbu xonadonlarda vaqtinça röyxatga qöymasdan pasport-viza qoidalarini buzgan şaxslar içki işlar bölimiga olib kelindi.