2017 yil 16 dekabr kuni Jizzax viloyati IIB, Tergov departamenti, Jinoyat-qidiruv boşqarmasi va Jizzax viloyat prokuraturasi hamkorligida yiğiliş bölib ötdi. Unda jinoyat sodir etgaç, tergov va sud organlaridan yaşirinib yurgan jizzaxliklarning oila a'zolari va yaqinlari ham iştirok etdi. Bu haqda viloyat IIB vakili KUN.UZ’ga ma'lum qildi. 

Foto: Jizzax viloyati IIB

Majlisda qidiruvdagi şaxslarning yaqin oila a'zolariga respublikada olib borilayotgan siyosat, huquqni muhofaza qiluvçi organlaridagi islohotlar, davlat rahbari tomonidan qabul qilingan Afv töğrisidagi farmon, Oliy Majlis Senati tomonidan qabul qilingan «Amnistiya töğrisida»gi qaror, jazoni yengillaştiruvçi holatlar, «qamoq» ehtiyot çorasini özgartiriş yuzasidan tuşuntirişlar berildi.

Foto: Jizzax viloyati IIB

Ma'lum qilinişiça, qidiruvdagi şaxs agarda Özbekiston Respublikasi hududidan taşqarida yaşiringan bölsa, heç qanday tösqinliklarsiz vataniga qaytişi, fuqarolik pasporti yöqolgan yoki amal qiliş muddati ötgan bölsa, konsullik elçixonalaridan vatanga qaytiş guvohnomalarini rasmiylaştirib berişda amaliy yordam körsatilişi, oilaviy, moddiy ahvoli inobatga olinişi, öz aybiga çin köngildan puşaymonligi, yetkazilgan moddiy zararning 70 foizi qoplangan taqdirda ozodlikdan mahrum qiliş jazosi qöllanmasligi yuzasidan tuşuntiriş işlari olib borildi.

Foto: Jizzax viloyati IIB
Foto: Jizzax viloyati IIB

Qayd etilişiça, 2017 yil 25 iyun kuni xuddi şu mazmundagi yiğilişdagi tuşuntiriş işlari natijasida Jizzax viloyati IIB rahbariyatining amaliy yordami bilan qidiruvda bölgan 15 nafar qidiruvdagi şaxs öz ixtiyorlari bilan tergov va sud organlariga kelişgan. 

Misol uçun, Özbekiston Respublikasi JKning 2442-moddasi, 1-qismi bilan qidiruvda bölgan A.S. Moskva şahrida yaşirinib yurgan. Uning fuqarolik pasportining amal qiliş muddati ötib ketgani sababli Moskva şahridagi Özbekiston konsulligidan vatanga qaytiş guvohnomasi rasmiylaştirilgan. Uning oilaviy ahvoli inobatga olinib, aviaçipta xarid qilişda kömak berilgan. Özbekiston Respublikasiga qaytib kelganidan söng, «qamoq» ehtiyot çorasi özgartirilib, hozirda erkinlikda tergov harakatlarida iştirok etib kelmoqda.

Özbekiston Respublikasi JKning 159-moddasi, 1-qismi, 2441-moddasi, 1-qismi va 2442-moddasi, 1-qismi bilan ayblanib, 9 yil ozodlikdan mahrum qilingan, davlat rahbari tomonidan qabul qilingan Afv töğrisidagi farmon bilan ozodlikka çiqqan Mamarasulov Ğolib sözga çiqib, 2012 yilda Moskva şahri hududida diniy oqim da'vati asosida notöğri yölga kirib qolganligini, asl islom dini mohiyatini töğri tuşunmaganligi oqibatida adaşganligini, qidiruvdagi şaxslarning yaqin oila a'zolariga davlatimiz keçirimli ekani töğrisida sözlab berdi. 

Yiğilişda iştirok etgan qidiruvdagi şaxslarning oila a'zolari özlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat etişib, qonuniy tuşunça olişdi.

Foto: Jizzax viloyati IIB
Foto: Jizzax viloyati IIB