Ispaniya çempionatining 16-turida «Barselona» öz maydonida «Deportivo»ni qabul qildi. «Kamp Nou»da ötgan uçraşuvda mezbonlar jamoasining 4:0 hisobidagi yirik ğalabasi qayd etildi.
Ğolib jamoa safida gollarni dubllar qayd qilgan Luis Suares va Paulino öz hisoblariga yozib qöyişdi.
Lionel Messi 70-daqiqada penaltini aniq amalga oşira olmadi.
Argentinalik futbolçi uçun bu 2017 yil davomida uçinçi marta penaltidan adaşiş böldi. Oxirgi marta «Barselona» futbolçisi bir kalendar yili içida qatorasiga uçta penalti zarbasini golga aylantira olmasligi 12 yil muqaddam kuzatilgandi. 2005 yilda kamerunlik futbolçi Samuel Etöo ham jamoaning Ispaniya çempionatidagi öyinlarida 11 metrli nuqtadan 3 marta xato qilgandi.
Messi joriy mavsumda Ispaniya çempionatining 16 öyinida 14 gol urgan (bittasi penaltidan) va 7ta golga assistentlik qilgan.
Katalonlar klubi bu ğalaba evaziga joriy mavsumdagi mağlubiyatsiz seriyasini 16 öyinga yetkazib qöydi.
«Barsa» 42 oçko bilan musobaqa jadvalida peşqadamlikni davom ettirmoqda. Klub eng yaqin ta'qibçisi «Atletiko»dan 6 oçkoga özib ketgan. «Barselona» bilan keyingi turda (23 dekabr) töqnaş keladigan «Real» 31 oçko bilan 4-örinni egallab turibdi, «Deportivo» esa 15 oçko bilan 17-örinni band etgan.
Ispaniya Primerasi. 16-tur
Barselona – Deportivo - 4:0
Gollar: 1:0 – 29 Suares, 2:0 – 41 Paulino, 3:0 – 47 Suares, 4:0 – 75 Paulino.
Barselona – ter Stegen, Serdji Roberto, Pike, Vermalen, Alba (Din, 81), Inesta (Andre Gomeş, 56), Rakitiç, Paulino, Pako Alkaser (Aleiş Vidal, 23), Messi, Suares.
Deportivo – Martines, Xuanfran, Şer, Sidney, Navarro, Gilerme (Valverde, 63), Borxes, Xil (Borxa Vale, 84), Çolak (Bakkali, 63), Adrian, Peres.
Ogohlantirişlar: Şer (32).
Aniq amalga oşirilmagan penalti: Lionel Messi (70)











