Ostonadagi avtobus bekatlari tomlarida töqilgan qişki qalpoq körinişidagi bezaklar paydo böldi. Ijtimoiy tarmoqlar foydalanuvçilari bu antiqa taşabbusga turliça fikrlar bildirişgan.



“Ostonada bekatlarga qalpoqlar kiygazilmoqda”, deb suratlarga izoh qoldirgan Yerlan Sakenov.
“Yelvizak bölmasligi uçun yaxşisi devorlar körinişidagi şubalar kiygazişsa bölardi”, deb fikr bildirgan Aynura Auyesxanova.
“Yozda panamkalarga almaştirişadi”, deb yozgan yana bir foydalanuvçi.
Öz navbatida, poytaxtning Sariarka tumani hokimi Arman Turlubek ham Facebook’dagi sahifasida antiqa bekatlar suratlarini joylaştirib, ostonaliklarni yilning sovuq vaqtida boş kiyimlar kiyib yurişni kanda qilmasliklariga çaqirgan. “Hozirgi vaqtda köpçilikda qişda boş kiyim kiymaslik odati bor. Ayniqsa, öquvçilar va yoşlar orasida. Albatta, qalpoq kiyiş soç turmagini buzişi yoki yaraşmasligi mumkin. Biroq poytaxtdagi bekatlar ham qalpoqlar kiya boşladi ))) Boş kiyimlarni kiyib yuring! Öz soğliğingizni asrang!!!”, deb izoh qoldirgan amaldor.











