Vatan himoyaçilari kuni va Qurolli Kuçlar taşkil topganining 26 yilligiga bağişlab, joriy yilning 20 dekabr kuni soat 12:00da, poytaxtning “Bunyodkor” stadioni yonidagi maydonda “Milliy armiyamiz – yoşlarning mardlik, matonat va jasorat maktabidir!” şiori ostida ilk bor yoşlarning harbiy-vatanparvarlik aksiyasi bölib ötadi. Bu haqda Mudofaa vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Mudofaa vazirligi tomonidan taşkil etiladigan mazkur aksiyada mamlakat aholisi, ayniqsa, yoşlar uçun zamonaviy qurol-aslaha va harbiy texnika körgazmasi, harbiy ta'minot masalalari, şuningdek, harbiy orkestr va estrada yulduzlarining konsert dasturi, harbiy xizmatçilarning qurol bilan saf hamda qöl jangi elementlari çiqişlari hamda Favqulodda vaziyatlar vazirligi va Mudofaaga kömaklaşuvçi “Vatanparvar” taşkiloti öquv-sport texnika klublarining texnik vositalari namoyiş etiladi.
Toşkentda ilk bor yoşlarning harbiy-vatanparvarlik aksiyasi ötkaziladi












