Özbekiston futbol federatsiyasi prezidenti Umidjon Ahmadjonov Özbekiston terma jamoasiga murabbiy qaçon tayinlanişi mumkinligini ma'lum qildi.
«Hozirda bir neça murabbiylar bilan muzokaralar olib boryapmiz. Milliy terma jamoa uçun boş murabbiylikka kimlar bilan muzokaralarga kirişganimizni oldinroq ma'lum qilganmiz. Ammo hozirça heç kimdan aniq javob ololmadik.
Yanvar oyining boşida terma jamoa boş murabbiyi kim bölişini e'lon qilamiz. U oldin boşqargan terma jamoasi bilan jahon çempionatida iştirok etgan murabbiy böladi. Uning kelişi barçani xursand qiladi, deb öylayman», deya gapirib ötgan Umid Ahmadjonov Özbekiston 24 telekanaliga bergan intervyusida.
Eslatib ötamiz, oldinroq Özbekiston terma jamoasini boşqariş uçun 9 nafar xorijlik murabbiy nomi e'lon qilingandi.












