Ayni paytda Ispaniyada rasmiy taşrif bilan bölib turgan Özbekiston milliy olimpiya qömitasi va Özbekiston futbol federatsiyasi prezidenti Umid Ahmadjonov bugun "Real Madrid" klubi akademiyasi direktori Xulio Ronko bilan uçraşdi.

Uçraşuv davomida erişilgan kelişuvga asosan "Qirollik klubi"ning Real Madrid Foundation Clinic dasturi asosida Özbekistonda "Real Madrid" klubining futbol maktabi oçiladigan böldi.
Undan taşqari "Real Madrid"da faoliyat yuritayotgan murabbiylarni Özbekistonga olib keliş böyiça ham hamkorlik qilinadi. Ular futbol maktablarida maşğulotlar ötkaziş, futbolçilar bilan işlaş jarayonlari haqida öz tajribalari bilan örtoqlaşadilar.
.jpg)
Şuningdek, yurtimizdagi iste'dodli bolalarni "Real" Madridga olib boriş, "Qirollik klubi" tomonidan taşkil etiladigan musobaqalarda ularning iştirokini ta'minlaş böyiça ham kelişuvga erişildi.
"Real Madrid" Akademiyasi xorijiy davlatlarda faqat Real Madrid Foundation Clinic dasturi asosida iş olib bormoqda.
Endilikda uşbu dastur asosida "Real Madrid" metodologiyasini özbekistondagi futbol klublarida ham qöllaş, futbolçilar bilan yangiça uslubda maşğulotlar ötkaziş böyiça hamkorlik qilinadi.











