2017 yilning 19 dekabr kuni Toşkent şahar Içki işlar boş boşqarmasiga çet el davlatida qidiruvda bölgan şaxs Toşkent şahri hududida yurganligi haqida tezkor ma'lumot kelib tuşdi, deb xabar bermoqda poytaxt IIBB.
Uşbu ma'lumot asosida Toşkent şahar IIBB xodimlari tomonidan qidiruvdagi jinoyatçini uşlaşga qaratilgan tezkor reja işlab çiqilgan. Şundan söng, şu kuni soat 9:00larda Yakkasaroy tumani, Farhod köçasida ötkazilgan tadbir jarayonida özini Qozoğiston Respublikasi fuqarosi Baytasov Aydinu Tanirberganoviç deb taniştirgan şaxs aniqlanib uşlangan. Biroq, mazkur şaxs bilan ötkazilgan tekşiruv davomida u haqiqatda 20.09.1984 yilda tuğilgan, Qozoğiston Respublikasi fuqarosi, muqaddam bir neça bor sudlangan, uyuşgan jinoiy guruh a'zosi, laqabi “Bebet”, Qozoğiston Respublikasi tomonidan JKning 296-moddasi 4-qismida (giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalarni ötkaziş maqsadini közlamay qonunga xilof ravişda tayyorlaş, qayta işlaş, oliş, saqlaş, taşiş)da körsatilgan jinoyatni sodir etganligi uçun qidiruvda bölgan Moldaxmetov Beybetym Kenjatay uli ekanligi, unga nisbatan “qamoqqa oliş” tarzidagi ehtiyot çorasi qöllanilganligi aniqlangan.
Hozirda B.K.Moldaxmetovni Qozoğiston Respublikasiga ekstraditsiya qiliş masalasi hal etilmoqda.












