Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev Oliy Majlis Senati va Qonunçilik palatasi a'zolariga Murojaatnomasida korrupsiya va byurokratiya muammosini tilga oldi.
Prezident Oliy sud faoliyatini keskin tanqid qilib, Oliy Majlis huzurida Sudlarga kömaklaşiş komissiyasi taşkil etilişini ma'lum qildi.
«Komissiya kelib tuşayotgan murojaatlarni umumlaştiriş, haqqoniy vaziyatni tahlil etiş, Oliy sud bilan muammolarga yeçim topiş bilan şuğullanadi.
Bizda eng katta vabo sudlarda. Bir yelkada iymon, bir yelkada şayton. Olti oy iymonda işlaydi, lekin keyin buziladi. Korrupsiyani hidi keladi.
3 oydan keyin poraga aralaşib ketmoqda sudya. Menga kelib rosa maqtaşadi, men uni qayerdan bilaman? 3 oy içida Oliy sud rahbariyatida 4 rahbarni işdan olaman», dedi prezident.
Prezident byurokratiya muammosiga töxtaldi.
«Ayniqsa, aholiga xizmat körsatiş sohalarida ötirib olgan amaldorlar faoliyatida otangga bor, onangga bor qabilidagi sansalorlik avjiga çiqqan. Bunday holga endi toqat qilib bölmaydi.
BTI (kadastr xizmati - tahr.) soliqçilardan ham poraxör bölib ketgan. Yerni qonunsiz kim beradi? BTI yer tuzuvçi, endi unday narsa yöq, endi hamma masalani kunma-kun hal qilib beradi.
Şovotda xususiy boğça oçiş uçiş Toşkentga 1000 kilometrdan köproq yöl bosib keliş kerak. Bu byuroktratizm. Boğçani xususiy qilaman degan odam oxiri özini Amudaryoga taşlab yuboradi-ku? Şu darajaga olib kelişadi.
Bu yil köpçilik vazirlarni olib taşlayman, pensiya vaqti böldimi, böldi. Sadoqatli odamlarni boşimga kötaraman, quruq savlat bilan yuradiganlari esa menga kerak emas», dedi prezident.
Prezident vatan va xalq manfaati, deb idorasining nomini rökaç qiliş taqiqlanişini ta'kidladi.
«Har bir huquqni muhofaza qiliş organi xodimlarining iş faoliyatini yuritişda Konstitutsiyaviy normalar bor.
Ular u normadan çiqişiga haqqi yöq. Içki işlar, Milliy xavfsizlik xizmati, Prokuratura, sudlar öz işi bilan şuğullansin. Har bir hududda şu idoralar vakillari hokimga böysunadi. Hokim viloyatda Prezidentning vakili, bu masalani muhokama qilişga heç kimning haqqi yöq», dedi Şavkat Mirziyoyev.











