2018 yildan boşlab har bir post-patrul xizmati xodimlari kameralar bilan ta'minlanadi. Bu haqda Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev Oliy Majlis Senati va Qonunçilik palatasi a'zolariga Murojaatnomasida aytib ötdi.

«Post-patrul xizmati xodimlarining videokamerasi bölmasa, haydovçilar u bilan gaplaşmasligi kerak. Kamera bölmasa u pora oliş payida böladi. Viloyatlar çegarasidagi postlar ham kamaytiriladi. Masalan, Xorazmdan yölga çiqqan odam Toşkentga kelgunça tekşiruvdan ötaverib tinkasi quriydi.

Endi YPX xodimi töxtatadi, kamera bilan gaplaşadi, böyniga kiçkina kamera osib qöyadi, bu tamagirlik, mansabini suiiste'mol qiliş holatlarining oldini oladi», dedi prezident.