Kun.uz manbasi hodisa joyidan yöllagan suratlarda YPXga tegişli Tracker rusumli xizmat avtomobilining old qismi jiddiy şikastlanganini köriş mumkin. Hodisa joyida yöl çetida jasad yotgani, uning atrofi IIB hamda tibbiyot xodimlari tomonidan örab olingani aks etgan. Suratlardan marhum ayol kişi ekani taxmin qilinmoqda

Kun.uz söroviga javoban Boş prokuratura matbuot kotibi Hayot Şamsutdinov voqeani tasdiqladi.

Uning ma’lum qilişiça, holat yuzasidan Samarqand şahar prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi (transport vositalaridan foydalaniş xavfsizligi qoidalarini buziş odam ölimiga sabab bölişi) bilan jinoyat işi qözğatilgan. Tergov harakatlari olib borilmoqda.

 Hozirça marhumning şaxsi, hodisa qanday şaroitda sodir bölgani haqida qöşimça ma’lumot berilmadi.