Şavkat Mirziyoyev bolalarning maşğulotlarini birma-bir kuzatdi. Ular bilan suhbatlaşib, mehrini izhor qildi. Şaroitlarni yaxşilab, qulayliklar yaratib, nogironligi borlarning iloji boriça hayotda örin topişiga kömak körsatilişini aytdi.   

Prezident bunda ijtimoiy xizmat xodimlari işini e’tirof etib, bolalarga mehr-muruvvati uçun minnatdorlik bildirdi.

– Bolalarimizga yaxşi qarayotganingiz uçun katta rahmat sizlarga. Bu oğir mehnat, lekin juda savobli va kerakli mehnat, – dedi davlat rahbari.

Bolalarni imkon qadar reabilitatsiya qiliş va hayotga moslaştiriş, ota-onalarga psixologik yordam beriş masalalari böyiça fikr almaşildi. Sönggi yillarda imkoniyat va tizim paydo bölgani, boşqa ijtimoiy muassasalardagi şaroitlarni ham yaxşilaş zarurligi ta’kidlandi.

Endilikda “Muruvvat” uylari zamonaviy reabilitatsiya jihozlari bilan ta’minlanib, öz işini yangi konsepsiya asosida yölga qöyadi. Unga köra, bolalar individual rivojlaniş dasturlari asosida jamiyatga integratsiya qilinadi. Barça “Muruvvat” uylarida uçraşuv xonalari taşkil etiladi.

Şuningdek, “Qöllab-quvvatlaş klublari” tuzilib, malakali mutaxassislar vasiylarga nogironligi bölgan bolani parvarişlaş, oila şaroitida tarbiyalaş va jamiyatga moslaştiriş böyiça bilimlar beradi. Alohida ta’limga tavsiya berilmagan, oğir darajadagi kasalliklari mavjud bolalar uçun “Ğamxörlik guruhi” taşkil etiladi. Barça hududiy reabilitatsiya markazlarida nogironligi bölgan bolalar uçun şunday xizmatlar yölga qöyiladi.