Fikrini özgartirib, molni qaytarib olib kelgan odamga muruvvat körsatib, molni qaytarib oliş işi fiqhda «iqolatun nodim» (afsuslangan odamni baydan ozod qiliş) yoki «iqola qiliş» deb ataladi. Ya'ni amalga oşirilgan yoki kelişib qöyilgan bayni baylaşuvçi tomonlardan birining iltimosi bilan bekor qilişdir. «Iqola» luğatda keçiriş ma'nosiga ham dalolat qiladi. Bu ikki tomonlama, ya'ni ham xaridor, ham sotuvçi tomonidan amalga oşirilişi mumkin. Gohida inson ma'lum narsa ustida savdo qilib bölib, keyin undan ham zarurroq işlari borligi esiga kelib qolişi va qilgan savdosini bekor qilişni istaşi mumkin. Yoki hatto sotib olib, uyiga olib ketgan narsani ham şunday sabablar bilan qaytarib kelişi holatlari uçrab turadi. Şunda sotuvçi janjal-töpolonsiz, bağrikenglik bilan molni olib, tölangan pulni qaytarsa, katta savob iş qilgan hisoblanadi. Abu Hurayradan (roziyallohu anhu) rivoyat qilingan hadisda Nabiy (sollallohu alayhi vasallam) marhamat qilib bunday deganlar:
من أقال مسلما بيعته أقاله الله عثرته يوم القيامة
«Kim musulmon kişining savdosini iqola qilsa, Alloh qiyomat kunida uning ham xatosini iqola qiladi (keçiradi)» (Abu Dovud, Ibn Moja, Ibn Hibbon va Hokim, Sahih hadis).
Rahmatulloh SAYFUDDINOV
Yunusobod tumani boş imom-xatibi,
Toşkent Islom Instituti öqituvçisi,
«Mirza Yusuf» jome masjidi imom-xatibi












