Toşkentdagi Turin politexnika universiteti «Özbekiston havo yöllari» Milliy aviakompaniyasi ehtiyojlari uçun «Aviakosmik injiniring» yönalişi böyiça mutaxassislarni tayyorlaydi.
19 dekabr kuni Özbekiston hukumati «Toşkent şahridagi Turin politexnika universitetida aviakosmik injiniring sohasidagi kadrlar tayyorlaşni taşkil etiş töğrisida» qaror çiqardi.
Qaror matnida ta'kidlanişiça, universitet 2017/2018-öquv yilining ikkinçi semestridan boşlab «Maşinasozlik texnologiyasi» yönalişi böyiça bakalavriatning uçinçi bosqiçi asosida yangi yönalişda talabalar guruhi tayyorlaşni boşlaydi.
«Özbekiston havo yöllari» Milliy aviakompaniyasining korxonalari bazasi yangi yönalişdagi talabalar uçun laboratoriya bazasi va malaka amaliyotini ötaş bazasi bölib xizmat qiladi.












