Qozoğistonning milliy suveren fondi mablağlari AQŞda muzlatilib qöyildi, deb xabar bermoqda Reuters öz manbalariga tayangan holda.

Muzlatiş 22,6 milliard dollar yoki Qozoğiston hukumati tomonidan banklarni şoşilinç moliyalaştiriş, milliy valyuta va umuman, iqtisodiyotni qöllab-quvvatlaş uçun işlatilib kelinayotgan, neft eksportidan daromadlar hisobidan töplanayotgan kelajak-avlod fondining 40 foizlik aktiviga nisbatan qöllangan.

Pullar Bank of New York Mellon hisob-raqamida edi va bank moldovalik işbilarmon Anatoliy Stati va uning kompaniyalarining Qozoğiston hukumatiga da'vosiga köra hisob-raqamni muzlatgan.

Stati va uning öğli Gabriel Qozoğistonning neft-gaz sohasiga investitsiya kiritgan, söngra Qozoğiston hukumatini öz mulklarining reyderlik orqali egallab olganini da'vo qilib, 4 milliard dollarlik zararni qoplab berişni talab qilişgan.

2013 yil yanvarida Stokholm savdo palatasi arbitraj sudi Qozoğiston tomonidan energetik xartiya haqidagi şartnoma buzilganini qayd etgan va hukumatga Stati oilasiga 500 million dollar miqdorida kompensatsiya tölaş majburiyatini yuklagan. Biroq hukumat sud qarorini rad etgan.

Muzlatilgan summa Qozoğiston YaIMining 17 foizini taşkil etadi. Valyuta zaxiralarini tasarruf etuvçi Qozoğiston milliy banki London Yuqori sudiga aktivlarni muzlatişdan ozod qilişni sörab da'vo arizasi kiritgan va aktivlarni «tasarruf etiş mumkin bölmayotgani tufayli baholaş qiyin bölgan jiddiy zararlar», boşlanib bölgan tranzaksiyalarni tugatiş va yangilariga kirişiş qiyinçiliklari haqida ma'lum qilgan. Biroq, Bloomberg ma'lumotlariga köra, sud e'tirozlarni apellyatsiya beriş imkonisiz rad etgan.

BNY Mellon esa, öz navbatida, Stati oilasi ular orqali Stokholm arbitrajining qarorini ijro etişni niyat qilgan Belgiya va Niderlandiya sudlari qaroriga tayanmoqda.

Londondagi «Legal & General Investment Management» kompaniyasi investitsion strategik vaziyatni «misli körilmagan» deb baholagan: «Agar fondning 40 foizi foydalanişdan mosuvo etib, muzlatib qöyilsa, bu butun dunyo markaziy banklari uçun ogohlik qönğiroği hisoblanadi».

«Şu paytgaça markaziy bank va suveren fondlarning aktivlari nisbatan himoyalangan hisoblab kelinardi, lekin paydo bölgan vaziyat bu nuqtai nazarni qaytadan körib çiqişga undaydi», — degan u.