Ma'lumki, prezident taklifi bilan Toşkent şahrida xalq deputatlari tuman Kengaşlari ta'sis etildi. Şu vaqtgaça poytaxt tumanlarining fuqarolari bunday imkoniyatga ega emas edi. 

Konstitutsiyaga tegişli özgartirişlar kiritildi. Endilikda Toşkent şahri aholisi ham özlari saylagan vakillari orqali tumanlarni boşqarişda iştirok etiş imkoniyatiga ega bölmoqda. 

Toşkent şahar xalq deputatlari tuman Kengaşlari sayloviga munosib nomzodlar saralangan. 11 tumanning har biriga 30 deputat saylanişi belgilangan. Poytaxtimizda 330 saylov okrugi taşkil etilgan bölib, 855 saylov uçastkasi saylov qonunçiligida nazarda tutilgan zamonaviy axborot-kommunikatsiya vositalari, zarur jihozlar bilan ta'minlangan.

ÖzA xabariga köra, ayni paytda mazkur saylov uçastkalari saylovçilar bilan gavjum bölib bormoqda. 

Toşkent şahar xalq deputatlari tuman Kengaşlari deputatligiga 1 ming 650 nomzod röyxatga olingan. Jarayonda mamlakatimizda faoliyat yuritayotgan 4 siyosiy partiya, şuningdek, fuqarolarning özini özi boşqariş organlari öz nomzodlari bilan faol iştirok etmoqda.