Qozoğiston prezidenti Nursulton Nazarboyev 2018 yilni Qozoğistonda Özbekiston yili deb e'lon qildi.
«Özbeklar — bizga yaqin, birodarlarimiz, qöşnilarimiz. Özbekiston — Markaziy Osiyodagi ulkan mamlakat, bu ölka bilan munosabatlar hamişa muhim va foydalidir. Keyingi yil Qozoğistonda Özbekiston yili va Özbekistonda Qozoğiston yili böladi», — dedi Nazarboyev respublika televideniyesida efirga uzatilgan qozoğistonlik jurnalistlar bilan uçraşuvida.
Qozoğiston Respublikasi prezidenti ikki davlat örtasidagi hamkorlik tobora yaxşilanib borayotganini, tovar ayirboşlaş hajmi bir yil içida ikki baravarga oşganini qayd etdi.
«Biz Özbekistonning yangi prezidenti Şavkat Mirziyoyev bilan bu körsatkiçni 5 milliard dollargaça yetkazişga kelişib oldik. Hozirda hamkorlikda avtomobil işlab çiqariş böyiça kelişuv mavjud, Toşkent bilan temir yöl va aviaqatnov yölga qöyilgan. Mamlakatlarimiz örtasidagi aloqalar yaxşilanib bormoqda. Biz buni qöllab-quvvatlaymiz», — deya qöşimça qilgan prezident.
Bundan avvalroq Özbekiston va Qozoğiston prezidentlari özaro telefon orqali muloqotda ikki tomonlama hamkorlikning bugungi holati va istiqbollarini muhokama qilişgandi. Muloqotda özaro tovar ayirboşlaş hajmidagi yuqori temp qayd etilgandi.












