Özbekistonda yoş avlodga bölgan ğamxörligi va e'tiborining yorqin ifodasi bölgan “Prezident arçasi” bayram tantanalari bolajonlarning eng sevimli bayramlaridan biriga aylanib ulgurgan, deb xabar bermoqda Xalq ta'limi vazirligi matbuot xizmati.

“Prezident arçasi” tadbirini mazmunli va kötarinki ruhda taşkil etiş maqsadida, Xalq ta'limi vazirligi hamda tegişli vazirlik va idoralar bilan hamkorlikda muayyan işlar amalga oşirilmoqda.

Xususan, bugungi kunga kelib Mehribonlik va Muruvvat uylari öğil-qizlari, “SOS – bolalar mahallalari”, Gödaklar uyi, Oilaviy bolalar uyi tarbiyalanuvçilari, ota-ona qaramoğidan mahrum bölgan bolalar, yurtimiz tinçligi yölida qurbon bölgan huquqni muhofaza qiluvçi organlar xodimlarining farzandlari uçun 12 nomdagi öquv qurollari va 15 nomdagi şirinliklardan iborat bölgan 11 ming dona Prezident sovğalari tayyorlandi. Joriy yilning 26 dekabr kuni, Toşkent, Sirdaryo, Jizzax viloyatlari va Toşkent şahriga jami 3734 dona Prezident sovğalari avtotransportlarda, 6265  dona Prezident sovğalari “Özbekiston havo yöllari” aviakompaniyasining samolyotlari orqali joriy yilning 25-27 dekabr kunlari jadval asosida Qoraqalpoğiston Respublikasi va 9 ta viloyatga yetkazildi.

Foto: Xalq ta'limi vazirligi matbuot xizmati

Sovğalar 29-30 dekabr kunlari Qoraqalpoğiston Respublikasi, Toşkent şahri va barça viloyatlarda taşkil etiladigan “Prezident arçasi” tadbirlarida kiçkintoylarga tantanali ravişda topşiriladi.