Korrupsiyaga qarşi kuraşiş agentligi 2023 yilda xodimlari tomonidan qanday sovğalar qabul qilgani haqida ma’lumot berdi. Bu haqda agentlik saytida e’lon qilingan sovğalar reyestrida körsatib ötildi.
Ma’lum qilinişiça, agentlikka 2023 yilda 33 mln 736 ming sömlik 26 ta sovğa hadya qilingan. Ularning aksariyati – ramziy suvenir va turli buyumlar.
Sovğalar içidan eng qimmati narxi 4,8 mln söm bölgan ikkita suvenir hisoblanadi. Ulardan biri Qatar davlati Qonun ustuvorligi va korrupsiyaga qarşi kuraş markazi, ikkinçisi esa Qatar davlati Boş prokuraturasi tomonidan hadya qilingan. Qatarning davlat audit byurosi sovğa qilgan lagan esa 2,4 mln sömga baholangan. Şuningdek, sovğalar orasida Qatar davlati Mamuriy nazorat va şaffoflik idorasi tomonidan berilgan, Qatar hamda Özbekiston davlatlari bayroği aks ettirilgan, metalldan yasalgan kema şaklidagi 2,5 mln sömlik suvenir ham bor. Ularning barçasi agentlik rahbari Akmal Burxonovga hadya qilingan.
Bundan taqşari, Tojikiston davlat Moliyaviy nazorati va korrupsiyaga qarşi kuraşiş agentligidan 2,8 mln sömlik yaşil oniks vaza, Singapur Korrupsiya amaliyotlarini tergov qiliş byurosidan 1 mln 350 ming sömlik rasm, Qozoğiston Korrupsiyaga qarşi kuraşiş agentligidan 1 mln 350 ming sömlik suvenir, Tojikiston davlat Moliyaviy nazorati va korrupsiyaga qarşi kuraşiş agentligidan 1,6 mln hamda 1,9 mln sömlik ikkita kumuş tanga qabul qilib olingan.
Ma’lumot uçun, Özbekistonda “Davlat fuqarolik xizmati töğrisida”gi qonun bilan davlat xizmatçilarining sovğa olişi masalasi huquqiy tartibga solingan. Şu asosda “Davlat fuqarolik xizmatçisi tomonidan xizmat safarlari, xalqaro va boşqa rasmiy tadbirlar munosabati bilan olinişi mumkin bölgan sovğa qiymati, şuningdek uni tasarruf etiş tartibi töğrisida”gi nizom qabul qilingan.
Nizomga köra, qiymati 4 BHMgaça deb topilgan sovğalar davlat xizmatçisida qoldiriladi. Undan yuqori qiymatga ega sovğalar davlat organi balansiga kirim qilinib, şu organ ehtiyojlari uçun işlatiladi.













