Rossiya prezidenti Vladimir Putin 2021 yilda Jyenevada bölib ötgan birinçi prezidentlik sammitida AQŞ prezidenti Jo Baydenga 12 ming dollarlik ruçka va kanselyariya töplamini sovğa qilgan.  

Bloomberg naşrining yozişiça, sovğa almaşinuvi 2021 yil iyun oyida bölib ötgan 2,5 soatlik Jyeneva sammitida yuz bergan. Bu hozirda AQŞ-Rossiya munosabatlaridagi sönggi qisqa muddatli «iliq davr» sifatida baholanmoqda. Ukraina bosqini boşlangaç, munosabatlar keskin yomonlaşdi. 

Naşrning qayd etişiça, kanselyariya töplami öşa yili Baydenga berilgan eng qimmatbaho sovğa bölgan.  

AQŞ prezidenti bunga javoban Putinga özining sevimli qora «aviator» közoynaklaridan bir juftini va bizonning şişa haykalçasini sovğa qilgan. Bu haqda Oq uy xabar bergan edi. Biroq, Putinning sovğasi haqidagi ma’lumotni Oq uy ham, Kreml ham oşkor qilmadi. 

Baydenning Putinga sovğasi qiymati xabarda keltirilmadi.  

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy 2021 yilda Baydenga 700 dollarlik AQŞ bayroğini sovğa qilgan. 

Qöşma Ştatlarda davlat rahbari va yuqori lavozimli boşqa şaxslar tomonidan olingan sovğalar hisoboti an’anaviy tarzda e’lon qilib boriladi. Qimmatbaho sovğalarning aksariyati odatda AQŞ Milliy arxiv va hujjatlar boşqarmasiga (NARA, National Archives and Records Administration) topşiriladi. Ammo istisnolar ham böladi. Mulozimlar sovğa qiymatini öz hisobidan davlatga tölab, uni özida qoldiriş huquqiga ham ega.