SAVOL: Mamlakatimiz qonunlari orqali mehnat munosabatlarida kamsitişning taqiqlanişi töğrisida köp eşitganman. Amaliyotda bu nimani anglatadi va öz huquqlarimizni himoya qiliş uçun qayerga murojaat qilişimiz lozim?

S.Jo‘rayev

Özbekiston Respublikasining barça fuqarolari mehnat huquqlariga ega böliş va ulardan foydalanişda teng imkoniyatlarga egadirlar. Bu Mehnat kodeksining 6-moddasi birinçi qismida nazarda tutilgan. Özbekiston Respublikasi Xalqaro mehnat taşkilotining «Mehnat va maşğulotlar sohasidagi kamsitişlar töğrisida»gi 111-son (1985 y) Konventsiyasini ratifikatsiya qilgan.

Jinsi, yoşi, irqi, millati, tili, ijtimoiy kelib çiqişi, mulkiy holati va mansab mavqei, dinga bölgan munosabati, e'tiqodi, jamoat birlaşmalariga mansubligi, şuningdek, xodimlarning işçanlik qobiliyatiga va ular mehnatining natijasiga aloqador bölmagan boşqa jihatlariga qarab mehnatga oid munosabatlar sohasida har qanday çeklaş yoki imtiyozlar belgilaşga yöl qöyilmaydi va bular kamsitiş, deb hisoblanadi.

Mehnat sohasida özini kamsitilgan, deb hisoblagan har bir fuqaro kamsitişni bartaraf etiş hamda öziga yetkazilgan moddiy va ma'naviy zararni tölaş töğrisidagi ariza bilan sudga murojaat qilişi mumkin.

Mehnat kodeksining  9-moddasiga binoan Siz Özbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qiliş vazirligiga, kasaba uyuşmalari va Özbekiston Respublikasi Boş prokurori va unga böysunuvçi prokurorlarga murojaat etişingiz mumkin.

Savolga Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi yuridik xizmati rahbari Davlatnazar Matrasulov javob berdi.

Eslatma: «Yuridik xizmat minbari»da savollarga berilayotgan javoblar tavsiyaviy xarakterga ega.