Iş taşlaşda quyidagilarning qatnaşişi mumkin emas hamda ular iştirokidagi iş taşlaş taqiqlangan hisoblanadi:
- tibbiyot xodimlari;
- davlat organining vakolatlarini amalga oşiriş uçun Davlat fuqarolik xizmati lavozimlarining davlat reyestriga kiritilgan şaxslar;
- harbiy xizmatçilar, sudyalar, sud va huquqni muhofaza qiluvçi organlarning maxsus (harbiy) unvonlarga yoki martaba (malaka, mansab) darajalariga ega xodimlari;
- energiya va suv ta’minoti tizimi taşkilotlari xodimlari;
- aloqa tizimi xodimlari.
Agar Mehnat kodeksi va boşqa qonunlarda nazarda tutilgan talablarni buzgan holda iş taşlaş amalga oşirilgan yoki iş taşlaşni e’lon qiliş töğrisida qaror qabul qilingan bölsa, bu noqonuniy iş taşlaş deb topiladi.











