Andijon viloyat futbol federatsiyasi millionlar öyini bölgan sport turiga mehnati singgan murabbiy, futbolçi va bolalar futboli vakillarini bir dasturxon atrofiga jamlab, turli musobaqalarda muvaffaqiyatga erişgan soha vakillari uçun taqdirlaş marosimi taşkil etdi.
Viloyatning asosiy jamoasi katta yutuqlarga erişmayotgan bölsada, hududda voyaga yetgan bir qator futbolçilar, murabbiylar va hakamlar mehnati e'tirofga loyiq.
Tadbir davomida turli nominatsiyalarda ğolib bölgan futbolçilar, murabbiylar va hakamlarga maxsus sovğalar topşirildi.
“Viloyatda yilning yaxşi öyinçisi” tanloviga uçta nomzod - “Nasaf” klubida töp surayotgan Bahrom Abdurahimov, “Andijon” klubidan Ibrohim Otaxonov hamda Rossiyaning “Tosno” jamoasi futbolçisi Vagiz Galiulin qöyilgan edi. Mutaxassislar fikriga köra, Vagiz Galiulin öz hamkasblarini ortda qoldirib, ğolib böldi.

Hakamlar nominatsiyasida sovrin oliy va birinçi liga öyinlarida hakamlik qilib kelayotgan Temur Töxtasinov tengsiz deb topildi. Bundan taşqari, eng yaxşi murabbiy va eng yaxşi muxlis mukofotlari ham öz egalariga topşirildi. Mukofotlarni viloyat futbol federatsiyasining birinçi vitse-prezidenti Bekzodbek Karimov va sport sohasi mutasaddilari topşirdilar.

Şörbuloq futbolga ixtisoslaşgan futbol-internatida esa joriy yil xalqaro va Respublika miqiyosida ötkazilgan köplab musobaqalarda ğoliblikni qölga kiritgan yoş futbolçilar taqdirlandilar. Ta'lim dargohiga bayram munosabati bilan qöğirçoq teatri taşrif buyurib özbek xalq ertaklari asosida sahnalaştirilgan spektaklni namoyiş qilib berdi.





Öylaymizki, mana şunday tadbirlar viloyatda futbolni rivojlantirişda katta örin tutadi.
KUN.UZ muxbiri Elmurod Ermatov, Andijon










