SAVOL: Joriy yilda haydovçilik guvohnomasining «V» toifasi böyiça öqib, haydovçilik guvohnomasini oldim. Avtomobilim yöqligi uçun ijaraga «Damas» avtomobilini olib, kira qilmoqçi edim. Ammo buning uçun haydovçilik staji bölişi kerak ekan. Bu qonunga muvofiqmi, şu haqda ma'lumot bersangiz?

Sanjar ZIYoDOV

JAVOB: «Yönalişsiz taksilar uçun yagona taniş belgilari va ularning işlarini taşkil etişga qöyiladigan talablar töğrisida»gi Nizomning 8-bandida «Yölovçilar taşiş uçun möljallangan yönalişsiz taksilarni boşqarişga haydovçilik guvohnomasida «V» ruxsat belgisi bölgan, 21 yoşga tölgan, tibbiy körikdan ötgan va kamida uç yillik haydovçi stajiga ega bölgan şaxslar qöyiladi», deb belgilangan.

Bundan taşqari, uşbu Nizomning 9-bandiga köra, yönalişsiz taksilarning haydovçilari yönalişda işlayotganda tegişli litsenziya kartoçkasiga hamda yölga çiqişdan oldin avtotransport vositasining belgilangan tartibda texnik körikdan va haydovçilarning tibbiy körikdan ötkazilganligi töğrisida belgilar qöyilgan yöl varaqasiga ega bölişi kerak.

Savolga Özbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi yuridik bölim boşliği Şerzod Örinov javob berdi.

Eslatma: «Yuridik xizmat minbari»da savollarga berilayotgan javoblar tavsiyaviy xarakterga ega.