Özbekiston Respublikasi soğliqni saqlaş vazirining buyruği bilan Tibbiyot va farmatsevtika xodimlarini attestatsiyadan ötkaziş va ularga malaka toifalari beriş tartibi töğrisidagi nizomga özgartirişlar kiritildi. 

Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 20 noyabrdagi 920-son «Özbekiston Respublikasi soğliqni saqlaş davlat tizimi taşkilotlarini kadrlar bilan ta'minlaşni yaxşilaşga doir qöşimça çora-tadbirlar töğrisida»gi qaroriga muvofiq:

1. Özbekiston Respublikasi soğliqni saqlaş vazirining 2014 yil 18 dekabrdagi 21-son buyruği (röyxat raqami 2649, 2015 yil 19 yanvar) (Özbekiston Respublikasi qonun hujjatlari töplami, 2015 y., 3-son, 32-modda) bilan tasdiqlangan Tibbiyot va farmatsevtika xodimlarini attestatsiyadan ötkaziş va ularga malaka toifalari beriş tartibi töğrisidagi nizomga ilovaga muvofiq özgartirişlar kiritildi.

2. Mazkur buyruq rasmiy e'lon qilingan kundan e'tiboran kuçga kirdi.

Tibbiyot va farmatsevtika xodimlarini attestatsiyadan ötkaziş va ularga malaka toifalari beriş tartibi töğrisidagi nizomga kiritilayotgan özgartirişlar: 

1. 7-band quyidagi tahrirda bayon etildi:

7. Malaka toifasini oliş uçun murojaat qilgan vraçlarning mutaxassislik böyiça iş staji Vazirlar Mahkamasining 2005 yil 21 dekabrdagi 276-son qarori bilan tasdiqlangan Özbekiston Respublikasi davlat muassasalari tibbiyot va farmatsevtika xodimlari mehnatiga haq tölaş tartibi va şartlari töğrisidagi nizomning 3-ilovasiga muvofiq aniqlanadi.

Mutaxassislik böyiça iş stajini hisoblab çiqişda mazkur Nizomning 1-ilovasida körsatilgan turdoş mutaxassisliklar böyiça iş staji özaro hisobga olinadi.

Tibbiyot va farmatsevtika xodimi mutaxassisligining nomi özgarganda, uning oldingi mutaxassisligi böyiça olgan malaka toifasi va u böyiça mehnatga haq tölaş şartlari saqlanadi, keyinçalik yangi nomdagi mutaxassislik böyiça malaka toifasini oliş uçun murojaat qilganda oldingi mutaxassisligi böyiça iş staji va olgan malaka toifasi inobatga olinadi.

Qişloq vraçlik punktlari, oilaviy yoki köp tarmoqli markaziy poliklinikalarda umumiy amaliyot şifokori lavozimida işlayotgan tor mutaxassislikka ega bölgan vraçlar iş faoliyatini tor mutaxassisligi böyiça davom ettirgan taqdirda, ularning umumiy amaliyot şifokori lavozimida işlagan davrda olgan malaka toifasi saqlanib qoladi, şuningdek tor mutaxassisligi böyiça malaka toifasini oliş uçun murojaat qilganda umumiy amaliyot şifokori lavozimida işlagan davridagi iş staji va olgan malaka toifasi inobatga olinadi hamda ular tegişli tor mutaxassisligi böyiça qonun hujjatlarida belgilangan tartibda malaka oşirganidan söng attestatsiyadan ötkaziladi.

Tibbiyot muassasalarida tor mutaxassisligi böyiça işlayotgan vraçlar qişloq vraçlik punktlari, oilaviy yoki köp tarmoqli markaziy poliklinikalarga umumiy amaliyot şifokori lavozimiga işga ötgan taqdirda, ularning tor mutaxassislik böyiça olgan malaka toifasi saqlanib qoladi, şuningdek umumiy amaliyot şifokori lavozimi böyiça malaka toifasini oliş uçun belgilangan tartibda murojaat qilganda tor mutaxassisligi böyiça işlagan davrdagi iş staji va olgan malaka toifasi inobatga olinadi hamda qonun hujjatlarida belgilangan tartibda malaka oşirganidan söng attestatsiyadan ötkaziladi.

Soğliqni saqlaş muassasalarining rahbarlari, ularning örinbosarlari hamda boşqaruv xodimlari jamiyat salomatligi va soğliqni saqlaşni taşkil qiliş mutaxassisligi böyiça, davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati xizmati rahbarlari, ularning örinbosarlari hamda boşqaruv xodimlari umumiy gigiyena va epidemiologiya mutaxassisligi böyiça malaka toifasi oliş uçun murojaat qilişlari mumkin.».

2. 1-ilovaning 6-pozitsiyasi quyidagi tahrirda bayon etiladi

3. Mazkur özgartirişlar Özbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi hamda Özbekiston Kasaba uyuşmalari Federatsiyasi Kengaşi bilan kelişilgan

.