Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev raisligida 29 dekabr kuni milliy kino san'ati va kinoindustriyamizni rivojlantiriş böyiça amalga oşirilayotgan işlar tahlili va bu borada mavjud muammolarni hal etiş masalalariga bağişlangan yiğiliş bölib ötdi.
Prezident matbuot xizmati xabariga köra, yiğilişda Boş vazir, tegişli vazirlik va idoralar, “Özbekkino” milliy agentligi va uning tizimidagi ijodiy taşkilotlar rahbarlari, kinoijodkorlar vakillari iştirok etdi.
Dunyo miqyosida turli ğoya va mafkuralar kuraşi, odamlar, ayniqsa, yoşlarning qalbi va ongini egallaş uçun turli kuçlar örtasida raqobat keskin tus olgan bugungi kunda eng ommaviy san'at bölgan kinoning beqiyos imkoniyatlaridan samarali foydalanişimiz kerak, deb ta'kidladi davlatimiz rahbari Şavkat Mirziyoyev.
Harakatlar strategiyasida közda tutilgan mamlakatimizni modernizatsiya qilişning ustuvor vazifalari barça soha va tarmoqlar qatori kino san'atini ham takomillaştiriş, soha uçun yangi imkoniyatlar yaratişni talab qilmoqda. Şu maqsadda Prezidentimizning şu yil 7 avgustdagi “Milliy kinematografiyani yanada rivojlantiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi qarori mamlakatimizda kino san'ati va kinoindustriyasini izçil taraqqiy ettiriş, uning moddiy-texnik bazasini mustahkamlaş, yuqori malakali kadrlar tayyorlaş borasida muhim huquqiy hujjat bölib xizmat qilmoqda.
Yiğilişda kinoijodkorlarimiz bunday şart-şaroitlardan samarali foydalanib, xalqimiz, ayniqsa, yoşlarimizni istiqlol ğoyalari ruhida tarbiyalaşga kömaklaşadigan, boy tariximiz, buyuk ajdodlarimizning betimsol jasorati, zamondoşlarimizning fidokorona mehnatini aks ettiradigan filmlar köriş haqidagi orzularini amalga oşiriş yölida barça kuç va imkoniyatlarini işga solişlari lozimligi ta'kidlandi.
Prezidentimiz soha oldida turgan dolzarb vazifalar haqida töxtalib, kino san'atining moddiy-texnik bazasini mustahkamlaş, madaniyat va san'at yönalişidagi oliy ta'lim muassasalari, tajriba va malaka oşirişini taşkil etiş bilan boğliq işlarni jadallaştiriş va uni tizimli ravişda yölga qöyiş zarurligini alohida qayd etdi.
Jumladan, viloyatlarimizda madaniyat va san'at kollejlari, poytaxtimizda esa Özbekiston davlat san'at va madaniyat instituti, Nukus va Qöqon şaharlarida uning filiallari faoliyatini takomillaştiriş, kino sohasi uçun ssenarist va rejissyorlar, operator va aktyorlar tayyorlanayotgan bu ta'lim dargohlarining ilmiy va ijodiy saviyasi, öquv dasturlari va metodikasini zamonaviy talablar asosida işlab çiqiş zarurligiga alohida e'tibor qaratildi.
Yana bir muhim masala – hududlarda kinoteatrlar quriş, mavjudlarini rekonstruksiya qiliş bilan boğliq işlar ham atrofliça muhokama qilindi. 1996 yilga qadar mamlakatimizda mavjud bölgan 342 ta qişki va yozgi kinoteatrlarning 323 tasi ötgan yillar mobaynida xususiylaştirilib yuborilgan. Ularning asosiy qismi savdo majmuasi, töyxona, bozorga aylantirilib, faoliyati butkul özgartirilgan yoki buzib taşlangan. Bugungi kunda mulkçilik şakli turliça bölgan 176 ta kinoteatrdan 8 tasi avariya holatida, 65 tasi jiddiy ta'mirtalab, qolganlarining deyarli yarmi faoliyat körsatmaydi.
Ana şulardan kelib çiqqan holda, viloyat va tumanlarda kinoteatrlar faoliyatini qat'iy yölga qöyiş böyiça tegişli mutasaddilarga aniq topşiriqlar berildi.
Şuningdek, kinoprokat tizimi ham qoniqarsiz ekani, bu yaratilayotgan filmlarni muntazam namoyiş etib boriş, boşqaça aytganda, aholiga kino xizmati körsatiş kölamini kengaytiriş imkoniyatini çeklab qöyayotgani tanqid qilindi.
Bugungi kunda xususiy kinostudiyalar soni ham köpayib bormoqda. Buni ijobiy hol sifatida baholaş mumkin. Biroq soha böyiça professional bilimga ega bölmay, öqib-örganmay, haqiqiy ustoz tarbiyasini olmay, bu sohada kutilgan natijaga erişiş mumkin emasligi, buning uçun alohida tizim yaratiş zarurligi ta'kidlandi.
Davlat tomonidan beriladigan ijodiy grantlar uçun ötkaziladigan tanlovlarda xususiy studiyalarning iştiroki öziga xos soğlom ijodiy raqobatni yuzaga keltiradi, dedi davlatimiz rahbari. Raqobat bor joyda albatta rivojlaniş, yangilik böladi. Milliy kinomizning taraqqiyoti uçun bu nihoyatda muhim ahamiyatga ega.
Faol tadbirkorlik, innovatsion ğoyalar va texnologiyalarni qöllab-quvvatlaş yilida barça sohalar qatori milliy kinoindustriyamizni ham innovatsion yondaşuvlar asosida rivojlantirişga alohida e'tibor qaratiş kerakligi ta'kidlandi.
Yiğilişda sohadagi mavjud kamçilik va muammolarni bartaraf etiş yuzasidan mutasaddi taşkilotlar rahbarlariga topşiriq va körsatmalar berildi. Jumladan, kinematografiya sohasini rivojlantiriş borasida qabul qilingan qarorlar ijrosini ta'minlaş, xorijiy kinostudiyalar va kinoijodkorlar bilan aloqalarni mustahkamlaş, ular bilan hamkorlikda filmlar yaratişni yölga qöyiş ğoyat muhim ekani qayd etildi.
Biz buyuk xalqimizni uluğlamoqçi, Özbekiston nomini butun dunyoga tarannum etmoqçi ekanmiz, bu işni birinçi navbatda kino san'ati yordamida amalga oşirişimiz kerak. Aynan kino san'ati orqali jahon ekranlarini zabt etişimiz, şu yöl bilan dunyo ahlining diqqat-eʼtiborini qozonişimiz mumkin. Buning uçun yana bir bor kuç va imkoniyatlar, ijodiy salohiyatni işga solişimiz kerak, dedi pirovardida davlatimiz rahbari.












