Özbekistonning professional futbol klublari örtasidagi 2018 yil uçun futbol böyiça musobaqalar reglamenti tasdiqlandi, deb xabar bermoqda PFL sayti.
Undan ÖFF hamda PFL bayroği ostida ötadigan musobaqalar tuzilişi, formati, qatnaşuvçi klublarga qöyiladigan talablar örin olgan.
Mana şu talablar haqida Özbekiston Professional futbol ligasi boş direktor Omon Ğofurov öz fikrlarini bildirib ötdi.
«Superliga jamoalari töp suradigan stadionlarga qöyilgan talablar ham özgardi. Çiroyli va tomoşabop futbol namoyiş etiş uçun birinçi navbatda şunga mos maydon bölişi kerak. Ana şundan kelib çiqqan holda, Superligada iştirok etadigan klublar maydonining çimi borasida alohida talablar qöyildi. Ya'ni çim xalqaro talablarga javob beradigan, yuqori sifatli bölişi zarur.
Şuningdek, stadionda muxlislar uçun barça qulayliklar yaratilgan bölişi, jurnalistlar, yuqori martabali mehmonlar uçun alohida tribunalar ajratilişi şart.
Bundan taşqari, stadionlarda yoritiş uskunalari 1200 lyuks bölişi kerakligi reglamentda körsatib ötildi. Köpgina stadionlarda şu paytga qadar yoritiş tizimi yaxşi işlamagani tufayli öyinlarni vaqtli, kunduz kuni ötkazişga majbur bölişayotgandi. Buning natijasida stadionga muxlislar taşrifi kamayib ketgani heç kimga sir emas.
Bu borada ham biz vaziyatni yaxşilab örganib çiqdik. Futbol avvalo muxlislar uçun. Muxlislarsiz futbol zerikarli böladi. Futbol işqibozlarini stadionlarga qaytariş uçun eng avvalo öyinlar vaqtini ular uçun qulay paytga tayinlaş zarur edi. Şundan kelib çiqqan holda, yangi mavsumdan boşlab Superliga uçraşuvlari 18:00dan keyin boşlanişi reglamentga kiritildi. PRO-ligada hamda Özbekiston kubogi öyinlari esa 17:00dan keyin start oladi» - dedi Omon Ğofurov.












