Futbol böyiça Özbekiston çempionatida birinçi davra öyinlari tugadi. Amaldagi çempion «Neftçi» hamon yetakçilik qilmoqda. «Paxtakor» ikkinçi, ötgan yolgi kubok finalçisi «Buxoro» uçinçi örinda. Odatda birinçi davradan keyin tanaffus bölar, puli borlar biror yerda yiğin ötkazib kelardi. Transfer oynasi ham tanaffus vaqtida oçiq bölardi. Biroq bu yil JÇ sabab taqvim özgarib ketdi, ikkinçi davra ertadan boşlanadi.
Bu yilgi çempionat doimgidan köp muhokama qilinmoqda, JÇ sabab emas, davlat futbol klublariga töğridan-töğri pul berişi oçiq-oydin e’lon qilina boşlagani uçun. Klublar davlatdan qanaqa katta pul olişini bilgan oddiy odamlar özbek futboliga nisbatan keskin fikr bildirmoqda. Bu yildan klublar yangi reallikka duç kelmoqda.
Quyida yuqori diviziondagi birinçi davra yakunlari, tarqaliş yoqasiga kelib qolgan klublar, iroqlik futbolçilarni töplayotgan «Paxtakor» va JÇdan keyin amalga oşgan ilk yirik transfer haqida gaplaşamiz.
«Neftçi» yetakçi
Öquvçilarimizning hammasi ham futbolga qiziqmaydi, şu sabab qisqaça futbol böyiça Özbekiston yuqori divizioni haqida ma’lumot berib ketsam. Yevropada bir davlatda 4-5 talab professional ligalar borligi haqida eştgan bölsangiz kerak. Bizda faqat bitta professional liga bor, uni Superliga deb ataşadi. Ligadagi barça jamoalar, qanday yöl bilan bilmadim, har yili OFK litsensiyasidan eson-omon ötadi. Ya’ni, Osiyo miqiyosidagi musobaqalarda qatnaşişi mumkin degan hujjat oladi.
Lekin eng yuqori diviziondagi jamoalarning aksarini professional deyiş qiyin. Har yili bir neçta jamoa mavsumni öz stadionida ötkazmaydi, aksar stadionlarda Wi-Fi işlamaydi, kiyiniş xonalarida issiq suv yöqligi haqida ham tez-tez eşitib qolamiz. Ba’zi stadionlarga kiriş bepul, Toşkentdagi stadionlarga kirayotganingizda lotereya ham berib qolişadi. Xullas, ana şunaqa özimizga yaraşa Superliga. Musobaqada 16 jamoa qatnaşadi. Deyarli barça viloyatning boş jamoalari. Faqat Qoraqalpoğiston va Sirdaryodan jamoa yöq. «Orol» hozirça Pro-Ligada, «Guliston» Birinçi ligada yetakçi.
Ötgan yili Farğonaning «Neftçi» jamoasi 24 ötib yana Özbekiston çempioni böldi. Jamoa hozir ham 36 oçko bilan javdalda yetakçi. Islom Ismoilov murabbiyligidagi farğonaliklar birinçi davrada ötkazilgan 15 ta öyinning 11 tasida ğolib böldi, 3 ta öyinda durang öynadi va faqat 1-marta – öz maydonida «Paxtakor»ga yengildi. «Neftçi» birinçi davrada hammadan köp 33 ta gol urib, hammadan kam 6 ta gol ötkazib yubordi. Töplar nisbati +27, haqiqiy yetakçi.











