Qarşidagi «Markaziy» stadionda «Nasaf» va «Neftçi» örtasidagi uçraşuv kunning eng sermahsul bahsi böldi. Mezbonlar birinçi bölimning özida törtta javobsiz gol urdi. Umarbek Eşmurodov hisobni oçdi, şundan keyin Bobur Abduxoliqov, Şarof Muhiddinov va Adenis Şala farqni yiriklaştirdi.
Ikkinçi bölim boşida Bobur Abduxoliqov yana bir bor gol urib, dublni rasmiylaştirdi. «Neftçi» safida Alişer Odilov hisobni qisqartirdi, ammo 80-daqiqada Alibek Davronov «Nasaf»ning oltinçi golini urdi. Uçraşuv yakunida Stipe Peritsa farğonaliklarning ikkinçi goliga mualliflik qildi - 6:2.
Şu tariqa, çempionatda peşqadam bölib turgan «Neftçi» mavsumdagi navbatdagi mağlubiyatini qabul qilib oldi. «Nasaf» esa 20 öyindan keyin oçkolari sonini 28 taga yetkazdi.
Toşkentda «Paxtakor» «Andijon»ni 3:0 hisobida mağlub etdi. Hisob 21-daqiqada Zaid Tahsinning goli bilan oçildi. Oradan sakkiz daqiqa ötib, Sardor Sobirxöjayev ikkinçi golni urdi. 69-daqiqada Muhammadrasul Abdumajidov yakuniy hisobni örnatdi.
Namanganda «Navbahor» va «Lokomotiv» bahsi 1:1 hisobida yakunlandi. 40-daqiqada Husayn Norçayev Muhammadali Usmonovning uzatmasidan söng mezbonlarni oldinga olib çiqdi. Ikkinçi bölimda «Lokomotiv» hisobni tenglaştirdi: Jasur Yaxşiboyev Bilol Töpliyevning uzatmasini golga aylantirdi.
Bu natija bilan «Navbahor»ning Superligadagi ketma-ket ğalabalar seriyasi ham töxtadi.
Toşkentdagi «Jar» stadionida ötgan «Bunyodkor» - «Surxon» uçraşuvida esa mehmonlar 1:0 hisobida zafar quçdi. 67-daqiqada «Bunyodkor» himoyaçisi Islom Anvarov maydondan çetlatildi. Bir kişi köp bölib harakat qilgan «Surxon» 77-daqiqada natijaga erişdi - Komronbek Yusupovning uzatmasidan keyin Tornike Dzebniauri uçraşuvdagi yagona golni kiritdi.
Şu tariqa, 4-sentabr kuni Superligada ötkazilgan tört uçraşuvda jami 14 ta gol urildi:
«Bunyodkor» - «Surxon» - 0:1
«Navbahor» - «Lokomotiv» - 1:1
«Nasaf» - «Neftçi» - 6:2
«Paxtakor» - «Andijon» - 3:0.
20-turning qolgan uçraşuvlari 5-sentabr kuni ötkaziladi. Tur taqvimiga köra, «Qöqon-1912» - «Dinamo», «Söğdiyona» - «Maşʼal» va «Qizilqum» - «Buxoro» bahslari rejalaştirilgan.












