«Bunyodkor», «Buxoro», «Dinamo», «Qizilqum», «Navbahor», «Nasaf», «Neftçi», "Lokomotiv”, «Maşʼal», OKMK, «Paxtakor» futbol klublarini işonçli boşqaruvga beriş böyiça tanlov eʼlon qilinadi.
Qayd etilişiça, bunda tadbirkor yoki tadbirkorlar guruhi professional futbol klublari faoliyati bilan boğliq yillik barça xarajatlarning kamida 20 foizi miqdorida homiylik mablağlarini kiritişi lozim.
Professional futbol klublarini işonçli boşqaruvga olgan tadbirkorlarni qöllab-quvvatlaş maqsadida ular uçun quyidagi imtiyozlar nazarda tutiladi:
foyda soliğini hisoblaşda yuridik şaxslarning soliq solinadigan foydasi klublar faoliyatini moliyalaştirişga yönaltiriladigan homiylik xayriyalari şaklidagi mablağlar summasiga, biroq soliq solinadigan foydaning 10 foizidan oşmagan miqdorda kamaytiriladi;
futbol klublari futbolçilari jismoniy şaxslardan olinadigan daromad soliğini tölaşdan ozod qilinadi hamda ular uçun ijtimoiy soliq stavkasi 1 foiz miqdorida belgilanadi;
likvidli garov taʼminotini (klub balansida bölgan bino, inşoot va yer maydonlari bundan mustasno), şuningdek istiqbolli biznes-rejalarni taqdim etgan holda tijorat banklari tomonidan klublarni sotib oliş yoki sport obyektlarini quriş, rekonstruksiya qiliş va kapital taʼmirlaş işlari uçun 1 yillik imtiyozli davr bilan 5 yil muddatga yillik 14 foiz stavkada kredit ajratiladi;
klubni boşqaruvga olgan tadbirkorlarning öz mahsulot (xizmat)larini sportni ommalaştiriş va yanada tarğib qilişga yönaltirilgan efirlar translyatsiyasi davomida Özbekiston milliy teleradiokompaniyasi tizimidagi markaziy va hududiy telekanallarda reklama qilişda 50 foizlik çegirmalar beriladi.












