KXDR öz yadroviy salohiyatini rivojlantiriş böyiça rejalardan voz keçmaydi. Bu haqda Şimoliy Koreyaning Markaziy telegraf agentligi bayonotida aytiladi, deb xabar bermoqda RIA «Novosti».

«Bizning partiya va davlat, sotsialistik Koreyaning yangi yildagi yölini körsatib, öz prinsipial pozitsiyalari haqida ma'lum qilişdi. Biz mudofaa qudrati va ogohlantiruvçi zarbaga javob qaytariş imkoniyatini rivojlantirib boramiz. Bunda yadroviy kuçlar eng asosiy jihatga aylanadi hamda bu AQŞ va uning yugurdaklari tomonidan yadro tahdidi hamda şantaj yöq bölmagunga qadar davom etadi», - deyiladi xabarda.

Şuningdek Koreya Markaziy telegraf agentligi bayonotida aytilişiça, 3 sentabr kungi vodorod bombasining sinovi – bu «bizning mamlakatni jahondagi yadro quroliga ega qudratli davlat darajasiga kötargan buyuk ğalabadir». Pxenyanning işonç bildirişiça, şu sababdan ham yadro uruşining oldi olindi.

Eslatib ötamiz, avvalroq Kreml AQŞ va KXDR böyiça bayonot bergandi.