Rossiya Ukrainaga qarşi uruşni boşlaganidan buyon Dmitriy Medvedev va boşqa siyosatçilar tomonidan yadro qurolidan foydalaniş haqidagi tahdidli bayonotlar vaqti-vaqti bilan yangrab turibdi. Şu fonda Rossiyaning yadroviy doktrinasi ham özgartirildi. Kun.uz suhbatlaşgan tahlilçilar bunday ehtimoliy qadamning Rossiya uçun potensial narxiga baho berdi.

- Rossiya Ukrainaga nisbatan taktik yadro qurolidan foydalanişi mumkinmi?

Şavkat Saidov, tarixçi, professor: Yadro qurolidan foydalaniş masalasi Rossiya tomonidan hozirça na Taşqi işlar vazirligi, na prezident, na harbiy amaldorlar tomonidan aytilmagan. Bu masalaga baho berişda, avvalo, yadro qurolini qöllaşning xalqaro oqibatlarini hisobga oliş kerak.

Hozirgaça yadro qurolini jangovar şaroitda qöllagan yagona davlat – AQŞ. Ikkinçi jahon uruşi yakunida Yaponiyaning Xirosima va Nagasaki şaharlariga atom bombalari taşlanganidan buyon Vaşington bu qaror uçun xalqaro miqyosda turli tanqidlarga duç kelmoqda. Şuning uçun Rossiyaning Ukrainaga qarşi yadro qurolidan foydalanişi Moskvaga nisbatan xalqaro munosabatni keskin özgartirib yuborişi mumkin.

Ayniqsa, Rossiya bilan iqtisodiy va siyosiy aloqalarni saqlab kelayotgan davlatlar – Xitoy va Hindistonning pozitsiyasi muhim. Indoneziya kabi davlatlar ham Rossiya energiya resurslarini xarid qilmoqda. Biroq Rossiya yadro qurolidan foydalansa, uşbu davlatlarning Moskva bilan munosabatlari ham qayta körib çiqilişi ehtimoli oşadi. Natijada Rossiyaga nisbatan haqiqiy global izolyatsiya xavfi paydo bölişi mumkin.

Bunday qarorni Rossiya jamoatçiligi ham qöllamasligi ehtimoldan xoli emas. Şu sababli men hozirgi şaroitda Rossiyaning Ukrainada yadro qurolidan foydalanişi ehtimoli juda past, deb hisoblayman.

Yevropa tomoni ham bunday qurolni qöllaşi ehtimoli nihoyatda past. Hozirça bu darajadagi keskin qadamni talab qiladigan harbiy zarurat mavjud emas. Rossiya–Ukraina uruşi atrofida diplomatik aloqalar va turli vositaçilik taşabbuslari davom etmoqda.

Ayni paytda Yevropada ham yadroviy tiyib turiş masalasi tobora köproq muhokama qilinmoqda. Finlandiya yoki Polşada yadroviy qurollarni joylaştiriş haqidagi bahslar ham Rossiyani tiyib turiş zarurati bilan izohlanadi. Rossiyaning Belarus hududiga taktik yadro qurollarini joylaştirgani ham aynan şu qarama-qarşilikning bir qismi sifatida köriladi.

Şuhrat Rasul, siyosiy tahlilçi: