Söngi uç hafta davomida Andijon viloyatining barça tumanlarida faoliyat yuritayotgan avtomobillarga  metan gaz quyiş şoxobçalarida turnaqator navbatlar paydo bölgan. Avtomobillar egalari 5-6 soatlab  gaz quyilişini kutib, qimmatli vaqtlarini yöqotişmoqda.

Gaz quyiş şoxobçalari egalari bu holatni qiş faslida aholiga gaz beriş masalasi birinçi darajali bölgani uçun, metan gaz quyiş maskanlariga past bosimda gaz berilayotgani bilan izohlamoqda.

Foto: Kun.uz

«Jalaquduq tumanidagi zapravkalarda ahvol juda açinarli. Mana 30 dekabr kuni tonggi soat 6:00da avtomaşinamga gaz quyiş uçun maskanga keldim. Soat 12:30 böldi hamki, hali navbat keliş u yoqda tursin, şoxobça içiga kirganim ham yöq. Navbatda turganlarning oxiri körinmaydi. Açinarlisi, maskanning çiqiş joyidan taniş-bilişçilik qilib, 15-20 daqiqa içida balonini töldirib çiqib ketayotganlar bor. Şoxobça egasidan bunga izoh söraganimizda, gapimizni eşitişni ham istaşmayapti.

Nahotki, bundaylarga çora qöllaydigan taşkilotni özi bölmasa? Yana bir noqulaylik tuğdirayotgan jihat, gaz quyiş maskanlarini soat 8:00dan 17:00gaça işlaydigan qilib qöyişdi. Bu davlat işida, umuman iş vaqti belgilangan kişilar uçun juda katta noqulaylik-ku?», deya yozadi Andijon viloyati, Jalaquduq tumanidan murojaat qilgan öquvçimiz.

Şuni alohida ta'kidlaş zarurki, viloyatning barça tumanlarida ahvol şunday. Avtomaşina egalarining qimmatli vaqti gaz quyiş maskanlarida ötib ketmoqda. 

Foto: Kun.uz
Foto: Kun.uz

Yuqoridagi holat bugun paydo bölib qolgani yöq. Har yili qiş oylarida mana şu muammo kuzatiladi. Soha mutasaddilari mazkur kamçilik borasida yoz oylarida aniq reja işlab çiqarmadilar. Mana yana qiş mavsumida doimiy davom etadigan «Fasliy kasallik»ka yana duç kelindi.