Kongo Demokratik Respublikasi (KDR) hukumati davlat xavfsizligi nuqtai nazaridan mamlakatda ötkazilmoqçi bölayotgan aksilhukumat namoyişlari arafasida internet va sms-xizmatni öçirib qöyişni buyurdi. Bu haqda actualite.cd xabar bermoqda.
OAV ma'lumotlariga köra, 31 dekabrda KDRning yirik şaharlarida namoyişlar ötadi. Namoyişçilar prezidentni uçinçi muddatga qoliş uçun konstitutsiyaga özgartirişlar kiritişdan voz keçişga çaqirişmoqçi. Talablar orasida siyosiy mahbuslarni ozod qiliş talabi ham bor.
“Xavfsizlik nuqtai nazaridan va telekommunikatsiyalar haqidagi qonunning 46-moddasiga binoan, KDRda 30 dekabr soat 18dan boşlab yangi farmoyiş çiqqunga qadar quyidagi xizmatlarni taqdim qiliş töxtatiladi: sms, internet”, deb aytilgan mamlakat aloqa vaziri Emeri Okunjining bayonotida.
Bayonotga köra, taqiqlovni bekor qiliş qarori 1 yanvarda qabul qilinadi.
Portalning ta'kidlaşiça, internet va sms-xabarlarga taqiqlov KDRda yirik aksilhukumat namoyişlari arafasida muntazam joriy qilib kelinadi.












