Microsoft hammuassisi Bill Geyts NBC News’ga bergan intervyusida zamonaviy sunʼiy intellekt vositalari yomon niyatli odamlar qölida öta xavfli qurolga aylanişi mumkinligini aytgan. U texnologiyani qonunçilik darajasida nazorat qiliş zarurligini ham taʼkidlagan.
Tom’s Guide naşri uşbu ogohlantirişni muhokama qiliş uçun sunʼiy intellekt, bulutli texnologiyalar va kiberxavfsizlik böyiça ekspert Devid Lintikumga murojaat qilgan.
Lintikumning tuşuntirişiça, bunday kölamdagi falokatga sabab böliş uçun SI muhim infratuzilma, qurol-yaroğ, taʼminot zanjirlari yoki biologik tizimlarga taʼsir ötkaziş imkoniga ega bölişi kerak. Bundan taşqari, u inson aralaşuvisiz harakatlana olişi lozim.
Ekspert fikriça, buning uçun tizimlarni özaro ulaşdagi katta xatolar, boşqaruvdagi jiddiy kamçiliklar va texnologiyadan qasddan zararli maqsadlarda foydalaniş kabi omillar birlaşişi zarur. Şu sababli u bunday ssenariyni muqarrar yoki yaqin kelajakda kutilayotgan hodisa deb baholamaydi.
Lintikum Geyts terrorçilar yoki beqaror davlatlar SIdan foydalanişi mumkinligini nazarda tutgan bölişi ehtimolini aytgan. Biroq uning bahosiça, zararli ğoyadan keng kölamli falokatni amalga oşirişgaça bölgan yölda katta amaliy tösiqlar bor.
Ayni paytda ekspert sunʼiy intellekt bilan boğliq bugungi xavflarni inkor etmaydi. U maʼlumotlar sizib çiqişi, firibgarlik, dipfeyklar, notöğri avtomatlaştiriş va tarafkaş qarorlarni dolzarb muammolar qatoriga kiritgan.
Uning asosiy xavotiri - yetarliça puxta işlanmagan SI tizimlarining haqiqiy korporativ va davlat tizimlariga ulanişi. Ayrim taşkilotlar texnologiyani zarur nazorat mexanizmlarisiz joriy etişi zarar keltirişi mumkin.
Lintikum xavflarni kamaytiriş uçun SIga faqat vazifasini bajarişga zarur vakolatlarni beriş, tizimlarni ajratib işlatiş va yuqori xavfli harakatlarni inson tasdiğiga boğlaşni taklif qilgan. Şuningdek, tizimning barça harakatlarini qayd etiş, muntazam sinovdan ötkaziş va özgarişlarni ortga qaytariş imkonini saqlaş muhimligini aytgan.
Ekspertning fikriça, faqat favqulodda öçiriş tugmasiga tayaniş yetarli emas. Inson muammoni keç aniqlasa, tizim öçirilguniga qadar zarar yetkazib bölingan bölişi mumkin. Şuning uçun xavfsizlik bir neçta nazorat qatlamiga tayanişi va dasturni yaratişning dastlabki bosqiçlaridanoq hisobga olinişi kerak.













