Paragvay prezidenti Santiyago Penya videomurojaatda öz isteʼfosi haqida eʼlon qildi. Bu mahalliy Ueno Bank banki kasodga uçraşi ortidan yuzaga kelgan siyosiy inqiroz fonida röy berdi. Bank operatsiyalarni töxtatgan va mamlakat Markaziy banki taşqi boşqaruviga ötgan.

Natijada uşbu bankda öz jamğarmalarini saqlagan qariyb uç million kişi öz hisob raqamlariga kiriş imkoniyatini yöqotdi. Mamlakatda norozilik namoyişlari boşlandi – ular ötgan yilgaça bankni nazorat qilgan guruhning aksiyadori bölgan Penyaning isteʼfosini talab qilişdi.

«Agar qayerdadir işonçni oqlay olmagan bölsam, xalqimdan uzr sörayman. Menda heç qaçon bildirilgan işonçingizga xiyonat qiliş niyati bölmagan», – degan Penya.

Ijtimoiy tarmoqlarda eʼlon qilingan videomurojaatida prezident barqarorlik, ijtimoiy osoyiştalik va demokratik institutlar saqlanib qolişi uçun isteʼfoga çiqayotganini bildirib, özi tomonidan qandaydir noqonuniy xatti-harakatlar bölgani haqidagi daʼvolarni rad etgan.

U özi uçun ustuvor vazifa – jamğarmalarini Paragvay moliya tizimiga işonib topşirgan «paragvayliklarning osoyiştaligi» ekani hamda «uşbu mablağlar kafolatli qaytarilişi» tarafdori ekanini qöşimça qilgan.

Avvalroq Paragvay Kongressining quyi palatasi prezidentga impiçment eʼlon qiliş jarayonini boşlaş uçun ovoz bergandi, prezident mansub bölgan partiya deputatlari ham uning çetlatilişini qöllab-quvvatlagan. Penya manfaatlar töqnaşuviga yöl qöyişda hamda Ueno banki kasod bölayotgani bilan boğliq faktlarni yaşirişda ayblanmoqda.

Endi vitse-prezident Pedro Alliana vaqtinça davlat rahbari lavozimini egallaydi.

Paragvaydagi hukmron «Kolorado» konservativ partiyasi vakili bölgan Santiyago Penya 2023-yilgi prezidentlik saylovlarida söl-markazçi kuçlar nomzodini mağlub etib, hokimiyatga kelgandi.

Ueno Bank banki maʼlumotlariga köra, uning mijozlari soni uç million kişi atrofida – bu Paragvayning katta yoşli aholisining qariyb 60 foizini taşkil etadi.

Bankda pensiyalar va ayrim boşqa davlat mablağlari saqlangan. Hafta boşida bank kasodga uçragani maʼlum bölgaç, millionlab odamlar öz hisobvaraqlaridan foydalana olmay qoldi.

Markaziy bank mazkur raqamli bankni öz nazoratiga oldi. Şundan keyin aholi köçalarga çiqib, Penyaning isteʼfosini talab qila boşladi.